Rossiya banki asosiy stavkani yana 300 bazaviy punktga kamaytirishga qaror qildi. 27-maydan boshlab u 11% ga teng boʻladi, deyiladi regulyator saytida.
Aprel oyida 18% ga yaqinlashgan yillik inflyatsiya avvalgi haftada 17,5% ga tushdi. Narxlar oʻsishi tez surʼatlar bilan sekinlashmoqda, bunga rublning dollarga nisbatan kursining dinamikasi va inflyatsiya kutilmalarining pasayishi yordam beradi, deb taʼkidlaydi Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki.
Proinflyatsion risklar, shuningdek, oz miqdordagi kreditlar bilan rubldagi depozitlarga pul oqimining davom etishi bilan cheklanadi. Markaziy bank pul-kredit siyosatini yanada yumshatish zarur, deb hisoblaydi.
Qiyin tashqi sharoitlar Rossiyada iqtisodiy faoliyatni yanada cheklaydi. Shu bilan birga, moliyaviy risklarning kamayishi, regulyatorning fikricha, valyuta nazoratini yumshatish imkonini berdi.
Markaziy bank asosiy stavkani yanada pasaytirishga “imkoniyat beradi”. Yillik inflyatsiya prognozi esa oʻzgarmadi — 2023-yilda 5−7% va 2024-yilda 4% koʻrsatkichga qaytish.
Mavzuga doir: Nega rubl soʻm va boshqa valyutalarga nisbatan mustahkamlanib bormoqda.