IT Park soha mutaxassislarini keyinchalik ishga joylashish imkoniyati bilan workshopda ishtirok etishga taklif qilmoqda.

Workshop 1-iyun kuni Toshkentdagi IT Park filialida boʻlib oʻtadi va quyidagi koʻnikmalarga ega boʻlgan middle-darajadagi IT-mutaxassislari uchun ajoyib imkoniyat boʻladi:

  • maʼlumotlarni tahlil qilish va modellashtirish
  • ETL bilan ishlash
  • dashbord bilan ishlash
  • maʼlumotlarni saqlash
  • SQL haqida bilish
  • Ingliz tilini bilish
  • Agile Environment va SAP boʻyicha tajriba ustunligingiz bo’ladi.

Tadbir spikeri — Farhod Rasulov — Accenture (Germaniya)da yechimlar arxitektori, FZD Globalʼda texnik direktori, McKey, DasIT hammuassisi.

️Seminar ingliz tilida oʻtkaziladi. Sana va vaqt: 1-iyun, 10:00—13:00. Manzil: Maxtumquli koʻchasi, 1A. IT Park Toshkent binosi

Roʻyxatdan oʻtish uchun rezyumeni a.anvarov@it-park.uz elektron manziliga yoki @akbarss07 telegram-akkauntiga yuboring.