“Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2022-yil 1-iyuldan:
- davlat muzeylariga har kuni soat 22:00 gacha xizmat koʻrsatish huquqi beriladi;
- zaruratga koʻra, davlat muzeylari tungi ish vaqti muddatlarini belgilashi mumkin;
- pulli xizmatlar koʻrsatishda ishtirok etgan muzey xodimlariga qoʻshimcha toʻlovlar toʻlanadi va ular moddiy ragʻbatlantiriladi;
- davlat muzeylariga fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida qoʻshimcha xodimlarni jalb etishga ruxsat beriladi.
Davlat tashkilotlari va muassasalari oʻzlari ishlab chiqarayotgan yangi turdagi muhim mahsulotlardan namunalarni davlat muzeylariga bepul beradi.
Qarorga koʻra, 2022-yil 1-iyuldan aholidagi madaniy boyliklarni davlat muzeylari tomonidan qabul qilib olishni ragʻbatlantirish va ommalashtirishga qaratilgan “Milliy merosga mening hissam!” umumxalq aksiyasi tashkil etiladi.
“Moziyga sayohat” dasturi doirasida, jumladan:
- ️"Temir daftar", “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari"ga kiritilgan fuqarolar va nogironligi boʻlgan shaxslar davlat muzeylariga bepul kiritiladi;
- ️"Daftar"larga kiritilgan fuqarolarning temir yoʻl chiptalari hamda joylashtirish vositalarida turish xarajatlari toʻliq hajmda tegishlicha “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari hisobidan qoplanadi.