“Xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, yoshlar va xotin-qizlar uchun kasb-hunar va tadbirkorlik boʻyicha oʻquv kurslari xarajatining 70%i, lekin 1 mln soʻmdan oshmagan qismi kompensatsiya qilib beriladi.

“Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar"ga kiritilgan yoshlar va xotin-qizlar kasb-hunarga, tadbirkorlikka Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida toʻliq bepul oʻqitiladi.

Oʻquv kurslarini yakunlagan ishsiz xotin-qizlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan mavjud boʻsh ish oʻrinlariga joylashtiriladi.

Tadbirkorlik yoʻnalishi boʻyicha oʻquv kurslarini yakunlagan xotin-qizlarga tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtishidan boshlab, oʻz faoliyatini mustaqil olib borishiga qadar boʻlgan jarayonda hokim yordamchilari tomonidan tizimli ravishda amaliy yordam koʻrsatib boriladi.

Mehnatga layoqatli, nogironligi boʻlgan xotin-qizlarni ish bilan taʼminlagan ish beruvchilar uchun 6 oy davomida har oyda BHMning 2 baravari (600 ming soʻm)dan kam boʻlmagan miqdorda subsidiya ajratiladi.

Avvalroq ish bilan band boʻlmagan fuqarolar kasbga oʻqitilishi, xarajatlar Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab berilishi xabar berilgandi.