Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasiga koʻra, 2023-yil 1-yanvardan ish bilan band boʻlmagan kasanachilik faoliyati bilan shugʻullanish istagini bildirgan fuqarolarning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish va bandligini taʼminlash boʻyicha nodavlat taʼlim muassasalarida davlat buyurtmasi asosida kasbga oʻqitish yangi tartibi joriy etilgan.

Nodavlat taʼlim muassasalarida davlat buyurtmasi asosida ishsiz va band boʻlmagan fuqarolarni kasanachilik faoliyat turlari boʻyicha kasbga oʻqitish asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilanadi:

  • ishsiz va band boʻlmagan fuqarolarni zamonaviy kasblarga oʻqitishda ish beruvchilar talab va ehtiyojlarini inobatga olgan holda davlat buyurtmasini berish;
  • oʻz kasbi boʻyicha malakaga ega boʻlgan ishsiz va band boʻlmagan fuqarolarga malakalarni baholash markazlari orqali malaka pasportlarini berish;
  • malaka pasportlarini olgan ishsiz va band boʻlmagan fuqarolarga mehnat faoliyatini boshlash uchun ham subsidiya berish.

Oʻquv kurslarini tugatgan fuqarolarning bilim darajasini aniqlaydi va shu asosda ularga malaka pasportlarini beradi.

Malaka imtihonlarini tashkil etish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni har bir band boʻlmagan shaxs uchun bazaviy hisoblash miqdori 4 baravaridan ortiq boʻlmagan miqdorda Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab beradi.

Bundan avval nogironligi boʻlgan yoshlarning repetitor xarajatlari qoplab berilishi aytilgan. Bundan tashqari, yoshlarni tadbirkorlik va kasb-hunarga oʻqitish uchun sarflangan xarajatlarning 75%igacha qismi toʻlab berilishi maʼlum qilingan.