Prezident Shavkat Mirziyoyev Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan Astrum akademiyasida IT sohasi vakillari bilan muloqot qilmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Qayd etilishicha, xorijiy hamkorlar bilan birga maktab, litsey, kollej, texnikum va oliygohlarda oʻquvchi va talabalarning IT koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha “Bir million dasturchi” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Prezident bu dastur kelgusida ham davom ettirilishini aytdi.

“Kelgusi besh yilda mamlakatimiz IT xizmatlari eksportini $1 mlrd.ga yetkazishni reja qilganmiz. Agar yoshlarni IT kasblarga oʻqitishni toʻgʻri yoʻlga qoʻysak, ularni sifatli infratuzilma, kompyuter va kafolatli buyurtma bilan taʼminlasak, albatta, bu marraga bemalol erishamiz”, dedi davlat rahbari.

Avvalroq Spot Yevropaning yirik IT kompaniyalarini Oʻzbekistonga jalb qilish rejalashtirilayotgani haqida yozgan edi.