Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Yevropa — Oʻzbekiston iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi bosh kotibi Oybek Shayxov bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda AKT sohasida oʻzaro hamkorlik qilish, Yevropa-Oʻzbekiston iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi orqali Yevropa davlatlari yirik IT-kompaniyalarini Oʻzbekistonga jalb qilishda hamkorlik hamda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar toʻgʻrisida gaplashildi.

Uchrashuv davomida AKT vaziri mamlakatda ham autsorsing xizmatlari (BPO va KPO) rivojlanganini aytib oʻtdi. Xorijiy kompaniyalar ishtirokida BPO xizmatlarini rivojlantirish va shu tariqa IT mahsulot va xizmatlar eksportini oshirish, yoshlarni AKT sohasiga keng jalb qilish hamda yuqori maoshli ish bilan taʼminlash muhim ekanini qayd etdi.

Uchrashuvda oʻzaro hamkorlik qilish borasidagi fikr va mulohazalari tinglandi. Kelgusida manfaatli loyihalarni amalga oshirish boʻyicha masalalar gaplashib olindi.

Bundan avval “Spot” Oʻzbekistonga ishlash uchun koʻchib kelgan rossiyalik IT-mutaxassislar haqidagi maqolani taqdim etgan edi.