Xitoy banklari yuzlab milliard dollar yo‘qotishi mumkin, deb yozadi “Bloomberg” nashri.

Bu holatga so‘nggi oylarda fuqarolar tomonidan ipoteka to‘lovlarini ommaviy boykot qilish bilan bog‘liq vaziyat olib kelgan.

Xitoyning $56 trln.lik bank tizimiga bosim kuchaymoqda.

Eng yomon ssenariyda 2,4 trln yuan miqdoridagi kreditlar zarar ko‘radi — bu deyarli $356 mlrd yoki barcha ipoteka kreditlarining 6,4%i demakdir.

Deutsche Bank” hisob-kitoblariga ko‘ra, kreditlarning kamida 7%i xavf ostida.

To’xtab qolgan loyihalarning keskin inqirozi yuz minglab uy xaridorlarining ishonchini pasaytirib, 90 dan ortiq shaharlarda ipoteka boykotini keltirib chiqardi.

Xitoy aholisining ipoteka kreditlarini to‘lashdan ommaviy ravishda bosh tortishi iyul oyida ma’lum bo’la boshladi, biroq bu vaqtga kelib muammo jiddiy tus oldi.

Bu jarayon mamlakatdagi ko‘chmas mulk inqirozini yanada kuchaytirdi. Vaziyat mamlakat iqtisodiyoti uchun umumiy prognozlarga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.

Banklar ikki olov orasida qolib ketgan. Agar banklar ishlab chiqaruvchilarga loyihalarni tugatishda yordam bermasalar, ular yanada ko‘proq yo‘qotishadi, — deya tushuntirdi Gonkong universitetining moliya professori Chjiu Chen.


“Spot” avvalroq Rossiyadagi inflyatsiyaning O‘zbekistonga ta’siri qanday bo‘lishi haqida yozgandi.

Mamlakat inflyatsiya darajasi O‘zbekistonda narxlar barqarorligiga Turkiyadagi narxlarning ko‘tarilishiga qaraganda ko‘proq bosim ko‘rsatishi kutilmoqda.