Toshkentda “Al Faris International” kompaniyasining filiali ochilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Saudiya Arabistonining konsalting kompaniyasi O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish hamda “IT Park” rezidenti bo‘lish istagini bildirmoqda.

Shuningdek, “Al Faris International” filialida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash va ishga joylashtirish maqsadida Namangan shahrida IT-akademiya ochishga qiziqish bildirildi.

Kompaniya haqida

Al Faris International” konsalting kompaniyasi 2011-yilda tashkil etilgan.

U Yaqin Sharq, Yevropa, Afrika va Amerikadagi biznes uchun integratsiyalashgan bank dasturiy ta’minotini yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.

“HSBC” va “Citibank” va boshqa yuqori martabali mijozlariga ega.

Muassasa vakolatxonalari Livan, Hindiston, AQSh, Malayziya, Indoneziya, Sudanda, bosh ofisi esa Saudiya Arabistoni Qirolligida joylashgan.


Avvalroq “Spot” joriy yilda “IT Park” rezidentlari 12 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratgani haqida xabar bergandi.