PMTI investitsiyalar uchun eng jozibador tarmoqlari ma’lum qilindi.

Tadqiqotga ko‘ra, investitsiyalardan ma’lum sharoitlarda daromad oladigan tarmoqlarning ikkita guruhi shakllantirildi.

Birinchi guruhda to‘qimachilik sanoati, kiyim-kechak, oziq-ovqat, elektr jihozlarini ishlab chiqarish sohasi joylashdi.

Bu tarmoqlarda jahon narxlarida hisoblangan mahsulot YaIMdagi ulushining qiymati xuddi shu ko‘rsatkichning ichki narxlarda hisoblangan qiymatidan yuqori.

Ikkinchi guruhdagi kimyo sanoati, qora metallurgiya, qurilish materiallarini ishlab chiqarishda esa past ko‘rsatkichni qayd etgan.

Bu ichki va jahon narxlarida hisoblangan YaHMdagi qo‘shilgan qiymat (QQ) ulushining olingan nisbatlaridan kelib chiqadi.

Ichki narxlarda hisoblangan QQning YaIMdagi ulushi jahon narxlarida xuddi shu ko‘rsatkichdan past.

Masalan, paxta ipi 2021-yili ichki narxlarda 44,3%ni, jahon narxida esa 52%ni tashkil etgan.

Ikkinchi guruh tarmoqlari uchun ichki narxlarda hisoblangan QQning YaIMdagi ulushi jahon narxlarida xuddi shu ko‘rsatkichdan yuqori.

Misol uchun, 2021-yili kimyo sanoatida karbamidning ichki narxi 44,2%ni tashkil etib, jahon narxida 15,2%ni ko‘rsatdi.

Shuningdek, energiya ko‘p talab qiladigan kimyo, qora metallurgiya, qurilish materiallarini ishlab chiqarish tarmogi raqobatbardosh bo‘lmaydi va bu borada ustunliklarni yo‘qotishi mumkin.

Texnologiyani takomillashtirish va resurslar sarfini kamaytirish sharti bilan bu tarmoqlarga qo‘yilgan sarmoyalar daromad keltirishi mumkin.

Iyul oyida Alisher Usmonov Oʻzbekistonga sarmoya kiritish uchun eng qiziqarli yoʻnalishlarni ma’lum qilgandi.

Tadbirkorga ko‘ra, sarmoya kiritish uchun paxtani qayta ishlash, meva-sabzavot yetishtirish va rangli metall rudalarini qazib olish va qayta ishlash eng qiziqarli yoʻnalishlar deb topilgandi.