Ukrainadagi urush tufayli “SAP” aprel oyida Rossiya bozorini tark etishi va mahalliy mahsulotlarni qoʻllab-quvvatlashni toʻxtatishi haqida eʼlon qilgandi.

Endi esa kompaniya Rossiyadagi bo‘linmasiga tegishli barcha texnikalarni sotishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi “Kommersant”.

Gap serverlar, kommutatorlar, ma’lumotlarni saqlash tizimlari kabi 3,5 ming dona texnika haqida ketmoqda.

Xabarga ko‘ra, jihozlar 50 mln yevro (Markaziy bankning 7-sentabrdagi kursi bo‘yicha taxminan 3 mlrd rubl) deya baholanmoqda.

Xabarda keltirilishicha, uskunalarning bozordagi qiymati taxminan 1,4 mlrd rublga baholandi. Ularni sotib olishga esa “Rostelekom” qizish bildirgan.

Iyun oyida “Rostelekom” uskunalar yetishmasligi tufayli mintaqalarda ma’lumotlar markazlarini rivojlantirishni to‘xtatdi.

Ammo avgust oxirida kompaniya prezidenti Mixail Oseevskiy “Interfaks"ga loyiha davom etishini va bir necha yillar davomida mintaqaviy ma’lumotlar markazlariga 10−20 mlrd rubl sarmoya kiritishini aytdi.

Rossiyada “SAP” top menejmenti alohida infratuzilma bo‘lib chiqishi uchun Germaniyadagi ofisi bilan muzokaralar olib bormoqda. Ammo muzokaralar hali oldinga siljimagan.

“SAP” tashkilotlar uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi Germaniya kompaniyasi bo‘lib, u 1972-yilda tashkil etilgan.


Avvalroq “Spot” avgust oyida bir qator kompaniyalar Rossiya bozorini tark etayotgani haqida xabar bergandi. Ular qatorida “Dell”, “Bosch” va “Nokia” kabilar bor.