Bir qator chorvachilik fermalari bo‘yicha ommaviy savdolar jarayonlari boshlandi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabariga ko‘ra, sotuv jarayonlari ikki bosqichda o‘tkaziladi.

Birinchi bosqichda talabgorlar oldindan saralanadi, jumladan:

  • savdolarda qatnashish uchun talab qilingan hujjatlarning to‘liqligi;
  • zakalat pulining kelib tushganligi;
  • talabgor tomonidan taklif etilgan biznes konsepsiyasi loyihasining maqbul yoki maqbul emasligi ko‘rib chiqiladi.

Ikkinchi bosqichda talabgorning tijorat takliflari (sotib olish narxi va to‘lovni amalga oshirish muddati), zakalat puli miqdori (narx taklifining kamida 5%ini tashkil etishi) hamda to‘lov qobiliyati baholanadi.

Savdoning birinchi bosqichida ishtirok etish uchun jismoniy va yuridik shaxslar ariza namunasini 19-oktabr soat 18:00 ga qadar to‘ldirishlari kerak.

Kerakli hujjatlar va batafsil ma’lumot bu yerda.

T/r
Obyekt nomi
Joylashgan manzili
Maydoni
Lot raqami
Yer uchastkasi
(ga)
Bino va inshootlar,
(kv.m)
I. Mulkiy majmualar
1.
“Navro‘z naslchilik” MChJga qarashli ma’muriy va molxona binolari
Surxondaryo viloyati,
Termiz tumani,
“Ayritom” MFY
14,8
16 246,05
3090515
2.
Chorvachilik va parrandachilikka ixtisoslashgan ferma binosi
Xorazm viloyati,
Shovot tumani,
“Arbek” MFY
11,8
28 551,14
3090527
3.
Chorvachilik va parrandachilikka ixtisoslashgan ferma binosi
Xorazm viloyati,
Shovot tumani,
“Ostana” MFY
14,05
35 547,09
3090529
II. Davlat ulushi
4.
“Sardoba temir yo‘l agrasanoat majmuasi” MChJdagi 100 foiz davlat ulushi
Sirdaryo viloyati,
Mirzaobod tuman,
“Navbaxor” MFY
17,70
30 296,34
3090526