Adliya vazirligi “Jadid tafakkuri” nomli stipendiya tanlovini e’lon qildi.

Unda vazirlik tizimidagi ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan litsey va texnikumlar o‘quvchilari hamda universitet talabalari ishtirok etishi mumkin.

“Stipendiyani ta’sis etishdan maqsad — yoshlarda jadidchilik namoyandalarining davlat huquqi, milliy davlatchilikka oid g‘oyalarini o‘rganishga qiziqishtirish, bo‘lajak huquqshunoslarda novatorlik, ijodkorlik va yangicha dunyoqarashni shakllantirish”, — ta’kidlaydi vazirlik matbuot xizmati.

Stipendiya uchun arizalar har yili oktabr oyining 1-haftasida qabul qilinadi.

Joriy yilda istisno tariqasida 8-dekabr arafasi qilib belgilangan.

Tanlov quyidagi 2 bosqichdan iborat:

  • birinchi bosqichda nomzodning bilimi (jadidlarining faoliyati, huquqiy qarashlariga oid test hamda esselar);
  • ikkinchi bosqichda dunyoqarashi (zamonaviy fikrlashi, keng dunyoqarashi va takliflari) sinovdan o‘tkaziladi.

Tanlov haqida batafsil ma’lumotlar vazirlikning rasmiy sahifalarida berilishi ta’kidlangan.


Avvalroq, Markaziy bank hamda “Uzbekistan GTL” kompaniyasi bakalavriat va magistratura talabalari uchun stipendiya tanlovini e’lon qilgandi.