Sentabr oyining so‘nggi 10 kunida naqd pullarni Rossiya chegarasidan noqonuniy olib o‘tish bo‘yicha 557 ta fakt aniqlandi. Bu haqda Federal bojxona xizmatiga tayanib “Izvestiya” gazetasi xabar bermoqda.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan deyarli ikki baravar oshib, o‘tgan yili 288 ta qoidabuzarlik aniqlangan.

FBX departamenti eksport qilinayotgan pul miqdorini deklaratsiya qilmaslik yoki noto‘g‘ri ko‘rsatish holatlarini qayd etgan.

Shuningdek, Rossiyadan $10 mingdan ortiq xorijiy valyutani olib chiqishga qo‘yilgan taqiq buzilgan.

Noqonuniy olib o‘tilgan mablag‘larning umumiy miqdori 160,5 mln rubl boʻlib, bu koʻrsatkich o‘tgan yilning mos davrida 96,2 mln rublni tashkil etgan.

Aniqlangan faktlar boʻyicha 549 ta maʼmuriy va 11 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatilgani ma’lum qilingan.

Sentabr oyi oxirida valyuta olib chiqish boʻyicha aniqlangan qoidabuzarliklarning 50% dan ortigʻi Rossiya rublida kuzatilgan. Keyingi oʻrinlarda esa yevro va AQSh dollari turibdi.

Rossiyaliklar asosan Turkiya, BAA va Tojikiston qatorida O‘zbekistonga ham noqonuniy yo‘llar bilan pul olib o‘tishga uringan.

FBX buni yo‘lovchilar oqimining ko‘payishi, Rossiyadan chet elga pul o‘tkazish va kartalar bilan bog‘liq muammolar fonida yuzaga kelgani bilan baholamoqda.


Avvalroq “Spot” joriy yil I yarim yilligida Oʻzbekistonga jami $6,5 mlrd.lik transchegaraviy pul oʻtkazmalari kirib kelgani haqida yozgandi.