2022-yilning I yarim yilligida Oʻzbekistonga jami $6,5 mlrd.lik transchegaraviy pul oʻtkazmalari kirib keldi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Bu koʻrsatkich 2020-yilning mos davriga nisbatan 2 barobarga yuqori boʻldi hamda maʼlum jihatdan aholining isteʼmol va investitsion faolligini qoʻllab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

Mazkur koʻrsatkichning keskin oʻsishi:

  • rublning dollarga nisbatan sezilarli darajada mustahkamlanishi;
  • Rossiyadagi valyuta cheklovlari natijasida mehnat muxojirlarining pul oʻtkazmalarini norasmiy kanallar orqali emas, rasmiy kanallar orqali yuborishga oʻtganligi;
  • Rossiyaga naqd pulda eksport qiluvchi kichik va oʻrta biznes ham mablagʻlarini rasmiy kanallar orqali yuborishi kabi omillar bilan izohlanmoqda.

Bugungi kunda xorijda vaqtinchalik faoliyat bilan shugʻullanayotgan Oʻzbekistonliklar soni 2 mln.dan oshdi, shundan 24,1%ini ayollar, 35,1%ini yoshlar tashkil etadi.

Ularning asosiy qismi (1,5 mln) Rossiya, 366 ming nafari Qozogʻiston, 144 ming nafari Turkiya, 47 ming nafari Janubiy Koreya va qolgan qismi boshqa mamlakatlar hissasiga toʻgʻri keladi.