Yaponiyaning davlat tashkiloti bo‘lgan Yaponiya Tashqi Savdoni Rivojlantirish Tashkiloti (JETRO) 2026-yil 22−25-sentyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “ICT Week Uzbekistan 2026” ko‘rgazmasida Yaponiya pavilonini tashkil etadi. Ushbu pavilonda 8 ta yapon kompaniyasi O‘zbekistonga o‘z yechimlari va hamkorlik takliflarini taqdim etadi.
Nima uchun axborot texnologiyalari sohasida Yaponiya bilan hamkorlik qilish kerakligi haqida JETRO’ning Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha Ijrochi vitse-prezidenti Takafumi Suzuki so‘zlab berdi.
Biz, Yaponiya Tashqi Savdoni Rivojlantirish Tashkiloti (JETRO), IT sohasida Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik yanada chuqurlashishiga ishonamiz. O‘zbekiston dunyodagi eng tez rivojlanayotgan raqamli bozorlardan biridir. Yosh va iste’dodli kadrlarning ko‘pligi hamda hukumat tomonidan faol ilgari surilayotgan raqamlashtirish siyosati mamlakatga noyob imkoniyatlar yaratmoqda. Ayniqsa, 2025-yil dekabr oyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga tashrifi chog‘ida raqamlashtirish yo‘nalishida ham hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Demak, raqamli sohadagi hamkorlik Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi davlat darajasidagi o‘zaro kelishuv hisoblanadi.
Biz JETRO sifatida ICT Week Uzbekistan 2026 doirasidagi Yaponiya paviloni orqali O‘zbekistondagi hamkorlarimizga yapon kompaniyalari bilan hamkorlik qilish imkoniyatlarini taklif etmoqchimiz.
“Yapon kompaniyalarining raqamli sohadagi asosiy ustunligi nimada?” Menimcha, bu ularning mijozlar faoliyatining amaliy sharoitlarini chuqur tushunib, aniq natija yarata olish qobiliyatidadir.
Ko‘pchiligingiz yaponcha “Kaizen” so‘zini eshitgansiz. Bu tushuncha ish jarayonlarini chuqur o‘rganish, ortiqcha xarajat va samarasiz jarayonlarni bartaraf etish hamda faoliyatni doimiy ravishda takomillashtirish g‘oyasini anglatadi. Bu falsafa yapon kompaniyalarining biznes madaniyatidan kelib chiqqan.
Kaizen tamoyilidan ko‘rinib turibdiki, ko‘plab yapon kompaniyalari uchun mahsulot yoki tizimni yetkazib berish ishning yakuni emas. Ular joylarda yuzaga keladigan muammolarni tahlil qiladi, hal qilinishi lozim bo‘lgan vazifalarni aniqlaydi, takomillashtirish choralarini ko‘radi, ortiqcha jarayonlarni qisqartiradi va tizim hamda mahsulotlarni muntazam ravishda yangilab boradi. Shu orqali raqamlashtirishni shunchaki vosita emas, balki amaliy natijalarga erishish uchun xizmat qiladigan kompleks yondashuv sifatida qo‘llaydi.

Keling, bir misolni ko‘rib chiqaylik. Yaponiyaning yirik IT kompaniyalaridan biri Tailandda raqamlashtirish orqali ishlab chiqarish korxonalari uchun ta’minot zanjirlarini yaratish va boshqarishni qo‘llab-quvvatlovchi loyihalarni amalga oshirmoqda.
Natijada kompaniya o‘z mijozlari uchun quyidagi yutuqlarga erishgan:
- IoT asosidagi kuzatuv tizimlarini joriy etish orqali ishlab chiqarish sikli muddatlarini qisqartirish;
- yetkazib berish rejalashtirishini optimallashtirish orqali yuk mashinalari sonini kamaytirish;
- korxonalarning energiya iste’molini tahlil qilish orqali elektr energiyasi xarajatlarini qisqartirish.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu natijalarga mijozlarning ish jarayonlari haqidagi ma’lumotlarni chuqur tahlil qilish, ya’ni real vaziyatni sinchkovlik bilan o‘rganish orqali erishilgan.
“Mening asosiy fikrim shuki, gap shunchaki “mana shu tizimni joriy eting” degan oddiy tavsiyada emas. Yapon kompaniyalarining kuchli tomoni mijoz faoliyatini chuqur tushunib, aniq natija berishidadir.
Albatta, zamonaviy va sifatli tizimlar muhim. Biroq yuqoridagi misoldan ko‘rinib turibdiki, yapon kompaniyalari joylardagi vaziyatni o‘rganish, tahlil qilish va takomillashtirish orqali natijaga erishadi.
Agar O‘zbekistondagi tashkilot va korxonalar raqamlashtirishni maqsadga erishish vositasi sifatida ko‘rsalar, yapon kompaniyalari bu yo‘lda ishonchli hamkor bo‘la olishini albatta bilishlari kerak.
Tez sur’atlarda rivojlanayotgan O‘zbekiston iqtisodiyoti yaqin kelajakda sanoatning modernizatsiyasi va boshqa omillar tufayli yanada murakkab tizimga aylanadi. Shunga mos ravishda korxona va tashkilotlarda yuzaga keladigan muammolar ham ko‘payadi va xilma-xillashadi.
Raqamlashtirish orqali ushbu muammolarni hal qilishni maqsad qilgan O‘zbekiston uchun yapon kompaniyalari bilan hamkorlik katta imkoniyatlar yaratadi, deb hisoblaymiz.
2025-yilda raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ICT Week doirasidagi Yaponiya paviloniga tashrif buyurdi.

Yapon kompaniyalari bilan hamkorlik qilishga qiziqayotgan barcha o‘zbekistonliklarni ICT Week Uzbekistan ko‘rgazmasidagi Yaponiya paviloniga tashrif buyurishga taklif qilamiz.
Pavilonda:
- sun’iy yo‘ldosh texnologiyalariga ega yapon kompaniyalari;
- ma’lumotlar markazlarini boshqarish bo‘yicha katta tajribaga ega kompaniyalar;
- data-markazlar uchun avariya holatlarida elektr ta’minoti yechimlarini taklif etuvchi kompaniyalar;
- va boshqa yapon kompaniyalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri biznes muzokaralarini o‘tkazish mumkin.
Sana: 2026-yil 22−25-sentyabr. Manzil: CAEx, Toshkent.
JETRO haqida
JETRO (Japan External Trade Organization) Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi tasarrufidagi davlat tashkiloti bo‘lib, yapon va xorijiy kompaniyalar o‘rtasidagi biznes hamda investitsiya aloqalarini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.
JETRO 2000-yilda Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochgan. Shundan buyon tashkilot O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari bilan Yaponiya o‘rtasidagi biznes aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan turli loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.
Sayt: jetro.go
Reklama huquqlari asosida.