Hukumat qarori bilan Surxondaryoda “Investorlarga ko‘mak markazi” tashkil etiladi.

Markaz Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida tashkil etilib, barcha darajadagi masalalarni hal qilish vakolatiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, markaz investorlar va tadbirkorlarga quyidagi xizmatlarni taqdim etadi:

  • investorlar faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan muammoli masalalarni va byurokratik to‘siqlarni aniqlash va bartaraf etish;
  • yer uchastkalari, bino, kreditlar ajratish kabi masalalarni hal qilish;
  • muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, qurilish ishlarini amalga oshirishga doir hujjatlarni olishga ko‘maklashish;
  • investorlarga davlat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari bilan hamkorlik qilishda yordamlashish;
  • huquqiy masalalar bo‘yicha yordam berish;
  • eksport va import uchun hujjatlar va sertifikatlarni “yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali rasmiylashtiriishga ko‘maklashish.

Bundan tashqari, Yagona portal bilan integratsiyalashgan onlayn va oflayn inklyuziv davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi Call-markazi tashkil etiladi.

Hujjat bilan keyingi yildan Nukus, Buxoro, Jizzax va Namanganda Inno texnoparki shaklidagi texnoparklar tashkil etiladi.