Federal xavfsizlik xizmati rossiyaliklarning iyuldan sentabrgacha xorijga chiqib ketishi bo‘yicha statistik ma’lumotlarni e’lon qildi, deya xabar berdi “РБК” nashri.

Unga ko‘ra, Rossiyadan MDH hududidagi bir nechta mamlakatga jo‘nab ketishlar soni besh yil ichidagi rekord darajaga yetgan.

Jumladan, uchinchi chorakda Rossiyadan O‘zbekistonga 126 ming mamalakat fuqarosi kirib kelgan.

Bu ko‘rsatkich 2021-yilning iyul-sentabr oylariga nisbatan 80%ga, 2019-yilga nisbatan 102%ga ortgan.

Iyuldan sentabrgacha Qirgʻizistonga 167 ming rossiyalik chiqib ketgani qayd etilib, ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 91%ga va 2019-yilga nisbatan 100%ga koʻpaygan.

Tojikistonda ham sezilarli o‘sish kuzatilib, u yerga 103 ming rossiyalik jo‘nab ketgan.

Taqqoslash uchun mos davrda bu raqam qariyb 27 mingtani, 2019-yilda esa 48 mingni tashkil qilgan.

O‘zbekiston iyul va avgust oylarida rossiyaliklar ta’tilni oʻtkazadigan eng mashhur yo‘nalishlardan biriga aylangandi.