OneTwoTrip” sayyohlik kompaniyasi ekspertlari iyul oyida rossiyaliklar eng koʻp qayerda ta’tilni oʻtkazganini aniqladi.

Eng ommabop xorij davlatlari roʻyxatidan Armaniston, Tojikiston, Turkiya, BAA va Gruziya qatorida Oʻzbekiston ham joy oldi.

Ichki yoʻnalishlar boʻyicha esa Moskva, Sankt-Peterburg va Sochi yetakchilik qilmoqda.

Tadqiqot natijalariga koʻra, koʻpincha ruslar mehmonxonalarda bir kun qolishgan. Ularning har to‘rtdan biri turar joyni 4−7 kunga, atigi 4%i esa bir hafta yoki undan ko‘proq muddatga bron qilgan.

Turistlarning asosiy qismi mehmon uylari va hostellarda joylashgan.


Iyun oyida Oʻzbekiston rossiyalik sayyohlar orasida “karta-turlar"ga talab boʻyicha yetakchiga aylangani ma’lum boʻldi.

Turoperatorlar buni bir qancha omillar kombinatsiyasi bilan izohlashdi. Birinchidan, bu mamlakatlar rossiyalik sayyohlarga uzoq vaqtdan beri yaxshi maʼlum, ikkinchidan, u yerga toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar mavjud.

Uchinchidan, bu ikki davlat banklarida kartani tez va oson — 1−2 kun ichida chiqarish mumkin.

Shundan koʻp vaqt oʻtmay, iyul oyida mamlakat rossiyaliklarning xizmat safari bilan eng koʻp boradigan hududiga aylangani haqida xabar berildi.

Rossiyaliklarning bu yerdagi biznes safarlari asosan uch kungacha davom etmoqda.