Iyun oyida ish uchun sayohat qilayotgan rossiyaliklar tomonidan bron qilingan aviachiptalar soni oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 112% ga oshdi. Bu haqda “Aviasales for Business” xizmati tahliliga tayanib “РБК” xabar bermoqda.

Buyurtmalar soni boʻyicha Rossiyaning eng mashhur xorijiy yoʻnalishlari borasida TOP-3 roʻyxatini Armaniston, Gruziya va Oʻzbekiston egalladi.

Rossiyaliklarning bu yerdagi biznes safarlari asosan uch kungacha davom etgan.

May oyiga kelib Rossiyadan xorijga bir tomonlama aviachiptalar soni 70% ga yetgan edi. Shunda O‘zbekiston, Turkiya, Qozog‘iston va bir qator davlatlar qatorida mazkur yo‘nalish ro‘yxatiga kiritildi.

Bunday xulosaga “Аэроклуб” kompaniyasi 2019, 2021 va 2022-yillarning birinchi choragida o‘tkazilgan 1 mln.dan ortiq tranzaktsiyalar tahlili asosida keldi.