Toshkent shahri, Chilonzor tumanida joylashgan ishlab chiqarish binosi (sobiq “Algoritm” zavodi bino va inshootlari) sotuvga qo‘yildi. Bu haqda “E-auksion” ma’lumotlarida keltirilgan.

Umumiy maydoni 89810 kv.mni tashkil etadigan binoda elektr energiyasi, suv va kanalizatsiya bor.

Boshlangʻich sotuv narxi 292,9 mlrd soʻm deya baholangan boʻlsa, zakalat puli esa 14,6 mlrd soʻmni tashkil qiladi.

Auksion 12-dekabr kuni soat 10:00 da boshlanadi, arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati shu kuni soat 09:00 da yakunlanadi.


Avvalroq “Spot” Navoiydagi “Nurota” mehmonxonasi sotuvga qoʻyilgani haqida yozgandi.