Markaziy bankning 2022-yil 28-noyabr holati bo‘yicha bergan ma’lumotlarida dollarning so‘mga nisbatan qiymati 11246 (+15,72) so‘mni tashkil qilmoqda.

Narxlar 23-noyabrda belgilangan 11 208 so‘m ko‘rsatkichdan buyon, qariyb 44 so‘mga qimmatladi.

28-noyabr kuni barcha banklarda sotish kursi 11 300 so‘mni tashkil etmoqda. Sotib olish narxi esa 11 260 so‘mdan 11 280 so‘mgacha belgilandi.

Eng maqbul xarid kursini “Aloqabank”, “Asia Alliance Bank”, “Davr Bank” “Infinbank”, “Anorbank” va “Kapitalbank” taklif qilmoqda.

Sotish kursi esa barcha banklarda 11 300 so‘mdan amalga oshirilmoqda.

Dollar kursining 11 300 so‘mlik ko‘rsatkichdan o‘tishi 16-martda kuzatilib, valyuta kursi 11 380 soʻmni tashkil qilgandi.