Italiyaning “European university” instituti (EUI) yosh liderlar uchun amaliyot dasturiga arizalar qabul qilmoqda.

“Siyosat yetakchisi” grant dasturida siyosat, jurnalistika kabi sohalarda faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin.

Dastur davomiyligi 5 oydan 10 oygacha bo‘lib, 2023−2024 yillarda o‘tkaziladi hamda 35 ta nomzodni qabul qiladi.

Loyiha davomida ishtirokchilarga oylik 2 500 yevro miqdorida stipendiya beriladi. Shuningdek, turar joy uchun oyiga 300 yevro, farzandli oilalar uchun esa oyiga 200 yevro ajratadi.

Ishtirokchilarning avia chiptalari qoplab beriladi, Italiyada sayohat uchun poyezd va taksi xarajatlariga ham mablag‘ ajratiladi.

Nomzodlar CV, o‘zlari haqida ma’lumot, 2 ta tavsiyanoma, Motivatsion xat hamda amaliyot davomida olib bormoqchi bo‘layotgan ish rejasi haqida yozib jo‘natishlari kerak.

Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatga (TOEFL, IELTS va boshqalar) ega bo‘lish kerak. Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar batafsil bu yerda keltirilgan.

Arizalarni 2023-yilning 25-yanvarigacha havola orqali jo‘natish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Avvalroq, Gongkongning “City” universiteti bakalavr yo‘nalishi uchun grant dasturiga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.