Gongkongning “City” universiteti bakalavr yo‘nalishi uchun Innovatsiya va texnologiya stipendiyasiga arizalarni qabul qilmoqda.

Ahamiyatlisi, universitet uchun alohida va grant uchun alohida ariza topshirish kerak emas. Kerakli yo’nalish va grantni tanlab, universitetga ariza berish mumkin.

City universitetida mavjud o‘quv dasturlari bilan bu yerda tanishish mumkin.

Asosiy talablaridan biri nomzod innovatsiya va texnologiyalarga qiziqishi kerak. Undan oldingi diplom darajasi 3,3 balldan past bo‘lmasligi lozim. Shuningdek, IELTS 6,5 yoki TOEFL 90 ball talab etiladi.

Talabaga ajratiladigan stipendiya miqdori yillik $19 mingni tashkil etadi.

Arizalarni 2023-yilning 3-yanvariga qadar havola orqali jo‘natish mumkin. Shuningdek, bu yerdan kerakli hujjatlar va batafsil ma’lumotlarni olish mumkin bo‘ladi.

Qisqa ro‘yxatga kiritilgan nomzodlar 2023-yil mart oyi oxiri yoki aprel oyi boshida saralash suhbatiga taklif qilinadi.

Avvalroq, Vengriya universiteti stipendiya dasturiga arizalar qabul qilayotgani haqida xabar berilgandi.