Vengriyaning Pech (Pécs) universiteti bakalavr, magistratura hamda PhD darajalari uchun “Stipendium Hungaricum” stipendiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda.

2023-yilgi kuzgi semestr uchun o‘tkazilayotgan dasturda barcha mamlakatlardan nomzodlar hujjat topshirishlari mumkin.

Dastur deyarli barcha xarajatlarni, jumladan tibbiy sug‘urta, o‘quv to‘lovlaridan ozod qiladi hamda yotoqxonaga joylashtirish yoki turar joy xarajatlariga taxminan $105 miqdorida pul ajratadi.

Shuningdek, bakalavr, magistratura darajasi uchun $115, doktarantura darajasi uchun esa $370 miqdorida oylik stipendiya beriladi. Shu bilan, stipendiya talabaga o‘qishni tamomlaguncha ajratiladi.

Nomzodlar havola orqali kerakli daraja va yo‘nalishlarni tanlab ariza jo‘natishlari mumkin. Muhimi, dasturda bir vaqtning o‘zida birinchi va ikkinchi yo‘nalish sifatida ikkita o‘quv dasturini tanlash imkoni mavjud.

Arizalarni 2023-yilning 15-dekabrigacha jo‘natish mumkin.

Batafsil ma’lumot bu yerda.

Avvalroq, Buyuk Britaniyaning Bristol universiteti bakalavriatura uchun “Think Big” grant dasturiga arizalar qabul qilayotgani haqida xabar berilgandi.