VMware dasturiy taʼminot yechimlariga asoslangan ish yukini virtualizatsiya qilish texnologiyalari zamonaviy hayotga ancha oldin va dadil kirib keldi va ko‘plab kompaniyalarning IT-infratuzilmasining doimiy unsurlaridan biriga aylandi. Dasturiy aniqlanadigan data-markazi (Software-Defined Data Center yoki SDDC) virtualizatsiya va bulutli hisoblash rivojlanishining keyingi bosqichidir.

Noventiq kompaniyasi tizim muhandisi Konstantin Golofast so‘nggi ishlanmalar haqida maʼlumot berib o‘tdi.

Maʼlumotlarni ishlovchi dasturiy aniqlanadigan markaz (MIM) dasturiy taʼminot darajasida ishlash va boshqarish, shuningdek aksariyat IT-jarayonlari va vazifalarini avtomatlashtirish orqali o‘zgaruvchan biznes ehtiyojlariga tez va oson moslashadigan infratuzilmadan iborat.

VMware taqdim qilgan SDDC`ning asosiy afzalliklari sifatida quyidagilarni keltirib o‘tish mumkin:

  • kapital va operatsion xarajatlarni kamaytirish;
  • ilovalarni bir necha daqiqada ochish;
  • har qanday dastur va uskuna uchun uzilishlarsiz avtomatlashtirilgan infratuzilmani yaratish;
  • axborot xavfsizligining yuqori darajasini va buyurtmachilarning biznes talablariga muvofiqlikni taʼminlash.

VMware taqdim qilgan Maʼlumotlarni ishlovchi dasturiy aniqlanadigan markazda barcha axborot virtuallashtirilgan, serverlar, tarmoq va saqlash qurilmalari VMware dasturiy platformasi hamda VMware vSphere, vSAN, NSX Datacenter va VMware Aria kabi yechimlar yordamida mavhumlashtiriladi.

Tarmoqdagi yetakchi virtualizatsiya platformalaridan biri bo‘lgan VMware vSphere tufayli buyurtmachilar ilovalarni ishonchli ravishda virtuallashtirishlari, ularning vertikal va gorizontal o‘lchamlarini o‘zgartirishlari, shuningdek, foydalanishda yuqori samaradorlikka erishishlari mumkin bo‘ladi. Uning asosida yotgan ESXi gipervizori katta ishlab chiqarish muhitlarida sinovdan o‘tgan ishonchli va yuqori sifatli virtualizatsiya darajasini taʼminlaydi. Uning yordami bilan bir nechta virtual mashinalar server apparat resurslarini birgalikda ishlatishlari va jismoniy tizimlarning standart ishlashi bilan taqqoslanadigan hamda baʼzi hollarda undan ham yuqori bo‘lgan ko‘rsatkichlarni taʼminlashlari mumkin.

Dasturiy aniqlanadigan data-markaz, xususiy yoki gibrid bulutni qurishdagi keyingi qadam haqida gap ketsa, unda VMware vSphere asosida hisoblash resurslarini virtualizatsiya qilish va VMware vSAN yechimi asosida maʼlumotlarni saqlash resurslarini virtualizatsiya qilishni birlashtirish bizga xarajatlarni kamaytirish hamda biznesning moslashuvchanligini va avtomatizatsiyani oshirish imkonini beradigan konvergent infratuzilmaga ega bo‘lish imkonini beradi.

VMware konvergent infratuzilmasida standart x86 serverlaridan foydalaniladi, shuning uchun u qimmat ixtisoslashtirilgan tizimlar va saqlash tarmoqlarini sotib olishni va natijada yuqori oylik maosh oladigan va tor ixtisoslashuvga ega bo‘lgan IT-mutaxassislarni yollashni talab qilmaydi. VMware vSAN yechimi VMware vSphere bilan yaqindan integratsiyalashgan bo‘lib, kiritish va chiqarishni optimallashtirish va virtualizatsiya serverlari protsessori va xotirasiga minimal yuklama bilan ishlashning yuqori darajasini taʼminlaydi.

vSAN klasterga yangi serverlar yoki mavjud serverlarga disklar qo‘shish hisobiga unda ishlaydigan IT-tizimlarini to‘xtatmasdan klasterning sig‘imi va ish samaradorligini oshirishga imkon beradi. Deduplikatsiya va siqish flesh-tashuvchilari asosida saqlash hajmini optimallashtirish hamda protsessor va operativ xotira zaxiralari minimal ishlatilganida maʼlumotlar hajmini yetti marta kamaytirish mumkin.

vSAN Express Storage Architecture yangi arxitekturasi sharofati bilan buyurtmachilar zarur disk joyining kam hajmida va maʼlumotlarni himoya qilishning yuqori darajasini saqlagan holda kiritish va chiqarish operatsiyalari samaradorligini bir necha marotaba oshirish imkoniyatiga egalar.

VMware vSAN konteynerlashtirilgan va biznes-tanqidiy ilovalarni, maʼlumotlar bazasini, virtual ish joylari muhitlarini (VDI) joylashtirish hamda data-markazlarni ishdan chiqqanida faoliyatini tiklash va avariyalarni oldini olish (DR/DA) uchun eng maqbul platforma hisoblanadi.

reklama

Giperkonvergent infratuzilmani olish (HCI), tarmoqni virtuallashtirish va axborot xavfsizligi darajasini oshirish uchun VMware kompaniyasi o‘z mijozlariga VMware NSX Datacenter yechimini taklif etadi. NSX Datacenter dasturiy taʼminotida amalga oshiriladigan tarmoqning innovatsion operatsion modeli dasturiy aniqlanadigan data-markazning asosini tashkil qiladi. Uning yordamida administratorlar maʼlumotlar markazi tarmog‘i jismoniy jihozlarga bog‘liq bo‘lganidagi holatda tasavvur qilib bo‘lmaydigan moslashuvchanlik, xavfsizlik va tejashning yangi darajalariga erishishlari mumkin.

Masalan, markazlashtirilgan xizmat ko‘rsatish qurilmalaridan foydalangan anʼanaviy yondashuv asosan perimetrni himoya qilish yoki tarmoq trafigini tanlab tekshirishga yo‘natirilgan bo‘lib, natijada bu tarmoq o‘tkazuvchanligining cheklanishiga, uning buzilishiga va topologiyani o‘zgartirish zaruriyatigiga olib kelishi mumkin bo‘lgan. Eskirgan qoidalar va harakatlar qurilmaga yuklamani oshirishi mumkin.

NSX Data Center taqsimlangan arxitekturaga ega va mantiqiy tarmoq infratuzilmasi va xizmatlarining to‘liq to‘plamini o‘z ichiga oladi: mantiqiy kommutatorlar, marshrutizatorlar, brandmaerlar, yuklamalarni muvozanatlash vositalari, VPN tarmoqlari, shuningdek monitoring va xizmat ko‘rsatish sifati uchun komponentlar. Virtual tarmoqlar foydalanuvchilarning ishini to‘xtatmagan holda istalgan mavjud tarmoq uskunalarida ochiladi.

VMware vSphere, vSAN va NSX Datacenter yechimlari mijozlarga tarqatilgan ilovalarning korporativ ekotizimi uchun yagona, qulay va ishonchli platformani taqdim etib, o‘zaro integratsiya qilinadi.

Dasturiy aniqlanadigan maʼlumotlar markazini monitoring qilish, boshqarish, avtomatlashtirish, shuningdek, to‘laqonli xususiy yoki gibrid bulutni olish va operatsion xarajatlarni kamaytirish uchun VMware Aria yechimlar to‘plami qo‘llaniladi. VMware Aria Operations (avval vRealize Operations) mahsuloti IT-boshqaruvini virtuallashtirishning butun oqimini ko‘rinishi hisobiga avtomatlashtiradi va soddalashtiradi: fizik, virtual va bulutli infratuzilmadan (jumladan, virtual mashina va konteynerlardan) ular qo‘llab-quvvatlaydigan ilovalargacha.

Mahsulot uzluksiz ishlashni optimallashtirish, quvvat va xarajatlarni samarali boshqarish, oldindan rejalashtirish, aqlli tuzatish va tartibga solish talablariga har tomonlama rioya qilinishini taʼminlaydi.

VMware Aria Automation (avval vRealize Operations) — bu voqealarga asoslangan davlat boshqaruviga ega zamonaviy infratuzilmani avtomatlashtirish platformasidir. Uning yordamida mijozlar o‘z mahsulotlari va xizmatlari bozoriga tezroq kirishni taʼminlashlari mumkin. Bunga ichki xodimlar — muhandislar, ishlab chiquvchilar va biznes bo‘linmalari — ommaviy bulutga o‘xshash foydalanuvchi interfeysi tufayli kerakli muhit va resurslarni tezroq olishadi, IT-bo‘limi esa infratuzilma xavfsizligi, talablarga muvofiqligi va nazoratini amalga oshiradi. VMware Aria Operations for Logs (avval vRealize Log Insight) dasturiy mahsuloti administratorlarga tushunarli vizualizatsiya va infratuzilmadagi maʼlum bir muammoning asosiy sabablarini aniqlash va tahlil qilish uchun data-markazning dasturiy aniqlanadigan yechimlar to‘plamiga aqlli so‘rovlar yaratish imkoniyatini beradi.


Noventiq kompaniyasi raqamli transformatsiya va kiberxavfsizlik sohasida dunyodagi yetakchi yechimlar va xizmatlarni yetkazib beruvchilardan biridir. Kompaniya barcha tarmoqlardagi 75 mingdan ortiq tashkilotlarini yuzlab yetakchi IT-yechim provayderlari bilan bog‘lash orqali o‘z mijozlari biznesining raqamli transformatsiyasini taʼminlaydi, osonlashtiradi va tezlashtiradi, shuningdek, o‘zining tizim integratsiyasi xizmatlarini taqdim etadi. Global tajriba va mahalliy natijalar kompaniyaning muvaffaqiyatidan dalolat beradi. Noventiq doimiy ravishda takomillashib bormoqda va global ishtirokchi sifatida namoyon bo‘lib, biznesning global xususiyati tufayli mijozlar oldida raqobatbardosh ustunliklarni yaratmoqda.

Ushbu havola orqali O‘zbekistondagi Noventiq kompaniyasi vakillariga murojaat qilib, VMware yechimlari haqida savollar berish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.