Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Koreyaning “POSCO International” korporatsiyasi sarmoyasi asosida tashkil etilgan paxta-to‘qimachilik klasteri rahbariyati uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unda keyingi 3 yillikda faoliyatni kengaytirish va umumiy qiymati $196 mln.lik yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha muhokamalar yuritildi.

Mazkur loyihalar Toshkent, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida amalga oshirilishi belgilangan.

Loyiha doirasida hududlarda paxta yetishtirish uchun yer maydonlarini ajratish, suv tejovchi texnologiyalari bilan lalmi yerlardan foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, tomonlar Qashqadaryoning Koson tumanida qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqqan yer maydonlarini qayta o‘zlashtirish, ulardan samarali foydalanishning yo‘llari haqida fikr almashgan.

Avvalroq qishloq xo‘jaligi korxonalari dala chetlaridagi yer maydonlarida mahsulot yetishtirish tizimini kengaytirish bo‘yicha prezident qarori qabul qilingandi.

Shuningdek, Malayziya kompaniyalari O‘zbekistonda dronlar ishlab chiqarish tizimini yo‘lga qo‘ymoqchiligi ma’lum qilindi.

Loyiha mamlakatda qishloq xo‘jaligi va sanoat sohalarida dronlardan foydalanishni kengaytirish maqsadida amalga oshiriladi: