“Google” qidiruv tizimini sun’iy intellekt bilan birlashtirmoqchi, deya xabar bermoqdaWall Street Journal” nashri.

Buning natijasida qidiruv natijalarini taqdim etish usuli sun’iy intellektga asoslangan suhbatlar, qisqaroq videolar va ijtimoiy taqrmoq postlarini joriy etish orqali o‘zgartiriladi.

Ya’ni, saytda qidiruv natijalarini chiqarishning an’anaviy formati o‘rniga “Google” foydalanuvchilarga neyron tarmoq chatboti bilan o‘zaro aloqa qilish imkonini beruvchi yangi funksiyalar joriy qilinadi.

“Google” allaqachon qator texnologiyalarning ba’zilarini joriy qilishni boshlagan va kelajakda ularga ko‘proq e’tibor berishda davom etadi.

O‘zgarishlar odamlarning internetdagi ma’lumotlarga kirish usulidagi katta o‘zgarishlarga, jumladan ChatGPT kabi sun’iy intellekt botlarining paydo bo‘lishiga javoban amalga oshirilmoqda.

Kompaniya hujjatlari va bu masala bilan tanish bo‘lgan odamlarga ko‘ra, ular xizmatni norasmiy ravishda “10 ko‘k havola” deb nomlanuvchi an’anaviy formatidan uzoqlashtirgan.

Qayd etilishicha, joriy haftada boʻlib oʻtadigan an’anaviy “I/O Developers” konferensiyasida qidiruv giganti foydalanuvchilarga “Magi” kod nomi bilan atalgan sunʼiy intellekt dasturi bilan muloqot qilish imkonini beruvchi yangi funksiyalarni taqdim etishi kutilmoqda.

Avvalroq “Google” fevral oyi boshida ChatGPT’ga raqobatchi “Bard” chat-botini ishga tushirilishi haqida e’lon qilgandi.

“Bard chat-boti sinov bosqichiga o‘tishga tayyorlanmoqda va cheklangan miqdordagi foydalanuvchilar uchun mavjud bo‘ladi hamda yaqin haftalarda hamma uchun ishga tushiriladi”, — dedi kompaniya bosh direktori Sundar Pichai.

Loyiha ijodkorlik vositasi va dunyoni o‘rganish platformasi sifatida tasvirlangan. Masalan, Bard to‘qqiz yoshli bolaga “Jeyms Uebb” kosmik teleskopining qurilishini tushuntira oladi, deyiladi xabarda.

ChatGPT singari, “Google"ning yangi xizmati internetdagi ma’lumotlar asosida foydalanuvchi savollariga matnli javoblarni ishlab chiqaradi.


Avvalroq “Spot” “Google” ham sun’iy intellektni o‘z xizmatlarida joriy qilishi haqida yozgandi.

Kompaniya o‘zining Google Docs, Gmail, Sheets va Slides kabi ish maydoni mahsulotlariga sun’iy intellekt funksiyalarini qo‘shishni rejalashtirayotgandi.