“Google” kompaniyasi o‘z ish maydonining foydalanuvchi mahsulotlariga sun’iy intellektga asoslangan yangi funksiyalarni qo‘shadi. Bu haqda kompaniya saytida ma’lum qildi.

Kompaniya sun’iy intellekt bo‘yicha raqobatchisi “Microsoft"ni ortda qoldirishni maqsad qilgan, u ham o‘zining Office dasturlar to‘plamiga, jumladan Word, Teams va Outlook’ga o‘xshash xususiyatlarni olib keladi.

“Google” o‘zining “Google Docs”, “Gmail”, “Sheets” va “Slides” kabi ish maydoni mahsulotlariga sun’iy intellekt (AI) funksiyalarini joriy etishini e’lon qildi.

Avvalroq “Google” fevral oyi boshida ChatGPT’ga raqobatchi “Bard” chat-botini ishga tushirilishi haqida e’lon qilgandi.

“Bard chat-boti sinov bosqichiga o‘tishga tayyorlanmoqda va cheklangan miqdordagi foydalanuvchilar uchun mavjud bo‘ladi hamda yaqin haftalarda hamma uchun ishga tushiriladi”, — dedi kompaniya bosh direktori Sundar Pichai.

Loyiha ijodkorlik vositasi va dunyoni o‘rganish platformasi sifatida tasvirlangan. Masalan, Bard to‘qqiz yoshli bolaga “Jeyms Uebb” kosmik teleskopining qurilishini tushuntira oladi, deyiladi xabarda.

ChatGPT singari, “Google"ning yangi xizmati internetdagi ma’lumotlar asosida foydalanuvchi savollariga matnli javoblarni ishlab chiqaradi.


Avvalroq “Spot” OpenAI tasvirlarni taniy oladigan yangi ChatGPT-4 modelini taqdim etgani haqida yozgandi.

Sun’iy intellekt tasvirlarni ham tushuna oladi, ularni tavsiflaydi va tasniflaydi hamda matn tavsifidan kod hosil qiladi.