Yandex Cloud “bulutli” platformasi va Mont dasturiy ta’minot distribyutori 31-may sanasida birgalikda hamkorlik boshlanganini e’lon qilishdi. Endi O‘zbekistondagi Mont hamkorlari provayderning barcha xizmatlaridan foydalanishlari mumkin. Bu quyidagilarga “bulutli” yechimlar savdosini koʻpaytirishga sharoit yaratadi:

  • tizim integratorlari;
  • dasturiy taʼminot ishlab chiquvchilari;
  • web-studiyalar.

Ularning mijozlariga esa veb-ilovalar hamda xizmatlarni rivojlantirishni tezlashtirish va yaxshilash, maʼlumotlar bilan ishlash, sunʼiy intellektni joriy etish va shu kabi boshqa xizmatlardan foydalanish imkoniyatini yaratadi.

2018-yilda tadbirkorlik subyektlariga 2024-yilgacha O’zbekistonda raqamlashtirishni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida “bulutli” texnologiyalarni joriy etish vazifasi qo‘yilgan edi. Ayni paytda O‘zbekistonda “bulutli” texnologiyalar bozorining holati boʻyicha statistik ma’lumotlar yoʻq, biroq startaplar, “fintech” sohasi vakillari va kichik biznes subyektlari loyihalarni tezda ishga tushirish va mavjudlarini kengaytirish uchun “bulutlar” dan faol foydalanayotganini koʻrish mumkin.

Global rivojlanish rejasidan kelib chiqilsa, bunday hamkorlik O‘zbekiston uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Bu biznes uchun 50 dan ortiq “bulutli” platforma xizmatlarini taqdim etish bilan birga, web-saytlarni ishlab chiqish va ularga xizmat ko‘rsatish, qo‘ngʻiroq markazlarini avtomatlashtirish, sun’iy intellekt bilan ishlash va korporativ ma’lumot omborlarini qurish uchun platforma xizmatlaridan foydalanish imkonini ham beradi.

Ayni paytda Oʻzbekiston bozorida:

  • Sharifa Com;
  • Service You;
  • Light Technology;
  • Micros kabi kompaniyalar “bulutli” texnologiyalar bilan ishlashni boshlagan.

“Biz Markaziy Osiyo mamlakatlari bozorlarida „bulutli“ yechimlarni ishlab chiqishga talab ortib borayotganini koʻryapmiz. Biznes o’z mahsulotlarini raqamli va turli bosim hamda bozor ehtiyojlariga moslashuvchan boʻlishini talab etadi. Biz yangi muvaffaqiyatli yechimlarni yaratishning barcha bosqichlarda End-to-end yordam koʻrsatgan holda, ishonchli biznes hamkorlariga aylanamiz”, — deb izoh berdi Yandex Cloud platformasining tijorat direktori Aleksandr Chernikov.

Shuningdek, kompaniyalar endi “bulutli” platforma xizmatlari uchun toʻlovni mahalliy valyuta — oʻzbek soʻmida amalga oshirishi, hujjat aylanishini mahalliy qonunchilikka muvofiq amalga oshirishi va Mont dasturiy taʼminot distribyutori tajribasidan foydalanishi mumkin boʻladi.

“Minglab mijozlar Yandex Cloud bulutli xizmatlaridan foydalanishadi va bu yechimga oʻtayotgan mijozlar soni tez sur’atlar bilan oʻsib bormoqda. Endi Mont hamkorlari oʻz mijozlari, jismoniy hamda yuridik shaxslarga Yandex bulutining barcha imkoniyatlarini taklif qilishi mumkin. Yandex Cloud’ning hamkorlar kanalida mavjudligi, birinchi navbatda, biznes foydalanuvchilari uchun qulaylikdir. Yakuniy mijozlar uchun xizmatlarni sotib olish, sozlash va integratsiya qilish yanada qulayroq jarayonga aylanadi”, — dedi MONT bulutli distributsiya departamenti direktori Dmitriy Yelin.

Mont hamkorlari “bulutli” platforma xizmatlarini sinovdan oʻtkazishi va oʻz IT-mutaxassislarini provayder xizmatlari bilan ishlashga oʻrgatishi mumkin. Shu bilan birga, Yandex Cloud barcha boshlangʻich bosqichlarda foydalanuvchilarga texnik jihatdan yordam koʻrsatadi.

Batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olish mumkin.

Email: golovina@itcomms.io
Telegram: t.me/golovina_dasha

Reklama huquqlari asosida.