MCA Advertising kompaniyasi O‘zbekiston Marketing assotsiatsiyasi ekspertlarining eʼtirofiga ko‘ra, “Marketing agentligi” nominatsiyasida“Yil brendi-2022” mukofoti sohibi bo‘ldi.

Tanlov 20-may kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida V Xalqaro marketing biznes-forumi doirasida bo‘lib o‘tdi. Tanlovda jami 25 nominatsiya bo‘yicha 221 ta brend ishtirok etdi. Telegram-botdagi isteʼmolchilarning ochiq ommaviy ovoz berish jarayonida 500 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi. Bunga parallel ravishda O‘zbekiston Marketing assotsiatsiyasining 200 ga yaqin ekspertlari va hamkorlari ham ovoz berishdi.

G‘oliblarni tanlashda ekspertlar O‘zbekiston bozoridagi brend faolligi, ijodiy reklama kampaniyalari, isteʼmolchilarning sodiqligi, xizmat ko‘rsatish sifati, brend moliyaviy ko‘rsatkichlari o‘sishini aks ettiruvchi statistik maʼlumotlar va boshqa ko‘plab mezonlarga tayanishgan.

MCA Advertising o‘z ishida mijozlar biznesining ROI ko‘rsatkichini maksimal darajada oshiradigan strategik innovatsiyalarga eʼtibor qaratadi. Kompaniya Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasining barcha mamlakatlarida ko‘plab toifalar va brendlar bilan ishlash bo‘yicha 25 yildan ortiq tajribaga ega. Marketing agentligi reklama sohasidagi ilgʻor xalqaro keyslarni muvaffaqiyatli tarzda moslashtirish va amalga oshirishni taklif qiladi.

MCA Advertising mijozlarga quyidagi xizmatlarni taqdim etadi:

  • brend aloqasini strategik va taktik rejalashtirish;
  • barcha aloqa kanallarida, shu jumladan anʼanaviy ommaviy axborot vositalari va internetda brendning reklama kampaniyasini amalga oshirish uchun media-rejalashtirish va media-xaridlarni amalga oshirish;
  • kross-media kommunikatsiya loyihalarini amalga oshirish va qamrovini hisoblash;
  • reklama kampaniyalarini optimallashtirish va media xarajatlarini audit qilish;
  • media tadqiqotlari va isteʼmolchilarning xatti-harakatlarini o‘rganish auditi;
  • ekonometrik modellashtirish va ROI tahlili.

“Tarmoqli media vositalari va o‘zimiz tomonimizdan ishlab chiqilgan media modellari bizga eng samarali aloqa rejasini yaratishga va media byudjetlarini optimallashtirishga yordam beradi. Turli xil tadqiqot turlari va turli bozorlardagi tajribalar boshqa mamlakatlardagi eng yaxshi keyslarni yurtimiz bozoriga moslashtirish imkonini beradi. Iqtidorli mutaxassislar jamoasi kommunikatsiyada innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqishga yordam beradi. Biz O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan barcha tadqiqotlarni o‘rganamiz, agar bu yetarli bo‘lmasa, o‘zimiz o‘rganamiz yoki tadqiqotlarga buyurtma beramiz, maqolalar bo‘yicha xalqaro tajribalarni doimiy ravishda o‘rganib boramiz”, — deya taʼkidlashdi agentlik vakillari.

Telefon: (+998) 78−120−32−82

Sayt:https://mca.agency/
Facebook:fb.com/mcauzbekistan
Instagram:@mca_uzbekistan/
Telegram:@mcaagency

Reklama huquqlari asosida.