“Yandex” “ya.ru” asosiy sahifasida qidiruv paneli ostida reklama joylashtirish imkoniyatini ishga tushirdi, deya xabar bermoqda “vc.ru” nashri.

“Hozircha bu undagi yagona reklama formati”, deyiladi kompaniya xabarida.

Qayd etilishicha, reklama banneri “Yandex” sahifasining ish stoli va mobil versiyalarida hamda yangi Brauzer yorlig‘ida ko‘rsatiladi.

“Yandex” 2022-yil avgust oyida “Dzen” va “Yangiliklar” almashinuvidan so‘ng “ya.ru"ni bosh sahifaga aylantirdi.

Bundan oldin, oldingi asosiy sahifada — “yandex.ru"da reklama banneri bor edi. Kompaniya hozircha uni qaytarishni rejalashtirmaganligini, biroq 2022-yilning noyabrida bunday imkoniyatni ko‘rib chiqayotganliklarini aytgan.

12-sentabr kuni “Yandex” kompaniyasi “Dzen” xizmati va “Новости” yangiliklar agregatorini “VKontakte"ga sotish bo‘yicha kelishuv yakunlanganini e’lon qildi.

O‘z navbatida kompaniya “VKontakte"dan “Delivery Club” xizmatini sotib oldi.

Sotuvlar yakunlangan keyin “Yandex"da yangiliklar qidirish qanday o‘zgardi

Avvalroq “Yandex.News” sifatida tanilgan platforma endilikda “dzen.ruyangi manzilida joylashgan bo‘ladi.

“Yandex"ning O‘zbekistondagi bosh sahifasi — yandex.uz allaqachon dizaynini minimalistik tarzda o‘zgartirgan.

Hozirda sahifaga kirilganda faqatgina “Поиск” (izlash) bo‘limi chiqadi.


Avvalroq “Spot” “Yandex” “Alisa"ga “YandexGPT” neyron tarmog‘ini kiritgani haqida yozgandi.

Uni “Yandex” ilovasida, brauzerda, stansiyalar hamda televizorlarda ishlatish mumkin.