“Yandex” kompaniyasi “YandexGPT” neyron tarmog‘ini “Alisa"ga kiritdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Natijada tarmoq mavzuni tushunib, odam kabi matn yozishni va g‘oyalarni taklif qilishni o‘rgandi.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, “YandexGPT” superkompyuterlarda ikki bosqichda o‘qitilgan.

Dastlab, unga kitoblar va internetdagi ommaviy matnlar ko‘rsatildi, undan keyin “mazmunli va yaxshi yozilgan javoblarning yuz minglab misollari” o‘qitilgan.

Ta’kidlanishicha, “Yandex” xodimlari neyron tarmog‘ini o‘qitish uchun 36 mingta matn yozgan.

Uni “Alisa” bilan “Yandex” ilovasida, brauzerda, stansiyalar hamda televizorlarda ishlatish mumkin.

Xususan, “Alisa"ga vazifa berish uchun “Алиса, давай придумаем!” (Alisa, kel, o‘ylab ko‘raylik) buyrug‘ini aytish kerak bo‘ladi.

Hozir mazkur texnologiya sinov tarzida va “Alisa” xato qilishi mumkin. “Bu unga yangi narsalarni yaratishga to‘sqinlik qilmaydi”, deyiladi xabarda.

“Yandex” yangi avlod neyron tarmoqlarini o‘zining boshqa mahsulotlariga, birinchi navbatda, qidiruv tizimiga kiritmoqchi.


Avvalroq “Google” qidiruv tizimini sun’iy intellekt bilan birlashtirmoqchiligi haqida xabar berilgandi.