“Bu eng qimmat yo‘l”: shakar importiga kvotalar joriy etilishi kimga foyda, kimga zarar?

Mutaxassislar O‘zbekistonda shakar importiga yillik 300 ming tonna kvota joriy etilishi narxlar oshishi, biznes xarajatlari ko‘payishi va raqobat cheklanishiga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

hafta yakuni, yangiliklar


O‘zbekistonda Google Pay ishga tushdi: bank kartasini qanday ulash va telefon orqali to‘lov qilish mumkin?

Xizmat Android smartfon yoki mos aqlli soat yordamida do‘konlarda kontaktsiz to‘lov qilish, shuningdek, Google Pay’ni qo‘llab-quvvatlaydigan sayt va ilovalarda xaridlar uchun haq to‘lash imkonini beradi.

hafta yakuni, yangiliklar


UzBev shakar importiga 300 ming tonnalik kvota joriy etilishiga qarshi chiqdi

Assotsiatsiya ko‘ra, cheklov tannarxning oshishiga, mahalliy mahsulotlar raqobatbardoshligining pasayishiga va inflyatsiyaning kuchayishiga olib kelishi mumkin.

hafta yakuni, yangiliklar


O‘zbekistonda Apple Pay’ni qanday ulash mumkin va u qaysi kartalarni qo‘llab-quvvatlaydi?

Foydalanuvchilar endi mahalliy banklar kartalarini Apple Wallet’ga qo‘shishlari mumkin. Quyida Apple Pay’ni qanday ulash, xizmatni qaysi banklar qo‘llab-quvvatlashi va uni sozlash uchun nimalar qilish kerakligi haqida batafsil ma’lumot beramiz.

hafta yakuni, yangiliklar


O‘zbekistonda islomiy bank faoliyati uchun ilk litsenziya berildi. Bu nimani anglatadi va soha qanday rivojlanadi?

Markaziy bank mamlakatda islomiy bank faoliyatini amalga oshirish uchun birinchi litsenziyani berdi. Uni Open Bank oldi. Spot bozor ekspertlaridan bu voqea soha uchun nimani anglatishi va dastlabki ishtirokchilar qanday qiyinchiliklarga duch kelishi mumkinligini so‘radi.

hafta yakuni, yangiliklar


Uklon Uzbekistan bosh menejeri Eduard Kovtun tavsiya qilgan 5 ta kitob

Eduard Kovtun Spot’ga jamoa shakllantirish va qarorlar qabul qilish jarayonini chuqurroq anglashiga yordam bergan kitoblar haqida so‘zlab berdi. Ular orasida Kobi Brayantning xotiralaridan tortib loyihalar menejmenti haqidagi romanlari ham bor.

hafta yakuni, yangiliklar


O‘zbekistonda 1-noyabrdan nimalar o‘zgaradi?

Spot noyabr oyidan boshlab kuchga kiradigan qonunchilikdagi o‘zgarishlar hamda muhim yangiliklarni bir joyga jamladi.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. O‘zbekistonda islomiy bank faoliyati uchun ilk litsenziya berildi.
    Markaziy bank Open bank’ga islomiy bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berdi.
  2. 2027-yildan O‘zbekistonda shakar importiga yillik 300 ming tonna kvota joriy etilishi rejalashtirilmoqda.
    Mahalliy zavodlarga kreditlarni qaytarish muddati uzaytiriladi, foiz xarajatlarining bir qismi qoplanadi va soliq imtiyozlari beriladi.
  3. O‘zbekfilm barcha filmlarni suratga olishni xususiy kinostudiyalarga topshiradi.
    Kinematografiya agentligi tugatiladi, davlat esa kino ishlab chiqaruvchilar uchun davlat buyurtmasidan subsidiyalar ajratish tizimiga o‘tadi.
  4. Tibbiy xizmatlarni autsorsingga berish va xususiy sektor bilan 5 yillik shartnomalar taklif etildi.
    Bu orqali davlat tibbiyot muassasalarida gemodializ, laboratoriya diagnostikasi, tashxislash va uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish autsorsingga berilishi mumkin.
  5. O‘zbekistonda Google Pay va Apple Pay ishlay boshladi.
    27-oktabrdan Google Wallet va Apple Wallet ilovalariga O‘zbekiston bank kartalarini qo‘shish imkoniyati paydo bo‘ldi.
  6. Oilaviy shifokorlik bo‘yicha mutaxassislarga 5,5 mln so‘m ustama to‘lanadi — prezident.
    Shuningdek, 2027-yildan tibbiyot oliygohlarida tor mutaxassislik bo‘yicha rezidentura bepul bo‘lib, talabalarga 3 mln so‘m stipendiya beriladi.
  7. O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 7,3 mln so‘mga yaqinlashdi.
    Eng yuqori ish haqi Toshkentda, eng past ko‘rsatkich esa Qashqadaryo viloyatida qayd etildi.
  8. Tailand o‘zbekistonliklar uchun vizasiz rejimni qayta tiklashi mumkin.
    15-sentabrdan boshlab mamlakat O‘zbekiston uchun 60 kunlik vizasiz rejimni bekor qilgan edi. Endi 15 kunlik vizasiz rejim joriy etish taklif qilinishi mumkin.
  9. Suv omborlari atrofidagi turizm biznesi uchun yer va mol-mulk solig‘i 50% ga kamayadi.
    Qayd etilishicha, turistik obyektlar ichki kanalizatsiya yoki oqova suvlarni tozalash tizimlari bilan jihozlanishi kerak.
  10. Rustam Rahmatov IMAN Invest rahbarligidan ketadi, kompaniya mustaqil auditdan o‘tkaziladi.
    IMAN $20 mln kamomad haqidagi da’volarni rad etib, bu turli moliyaviy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi farq ekanini bildirdi.
  11. Ustyurtdagi kon hali ochilmagan, loyiha geologik qidiruv bosqichida — O‘zbekneftgaz.
    Ma’lum qilinishicha, Ustyurt O‘zbekistonda yangi gaz zaxiralarini izlash va gaz qazib olish hajmini oshirishda muhim hudud bo‘lib qolmoqda.
  12. Uklon taksi xizmati O‘zbekistonda ustun mavqega ega deb topildi.
    Ustun mavqeini suiisteʼmol qilish holatlarini oldini olish maqsadida majburiy tartibda Monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy etiladi.
  13. Avtovokzal va temir yo‘l vokzallarini 3 yilgacha soliqlardan ozod qilish taklif qilinmoqda.
    Shuningdek, tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar berish va avtovokzallarda do‘kon, mehmonxona hamda quvvatlash shoxobchalarini ochishga ruxsat berish ko‘zda tutilmoqda.
  14. Pegasus Airlines O‘zbekistondagi yana ikki shaharga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin.
    Loukoster joriy yilning dekabridan boshlab Istanbuldan Andijon va Buxoroga, 2027-yilning mart oyidan esa Termizga parvozlarni boshlaydi.
  15. Noyabrda ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 mln so‘mdan yordam beriladi.
    Bir martalik moddiy yordamni Ijtimoiy reyestrga kiritilgan, shuningdek, mahalla yettiligi xulosasi asosida ehtiyojmand deb topilgan oilalar olishlari mumkin.
  16. Xakerlar Binance kriptobirjasini buzib kirib, $6,3 mlrd dan ortiq mablag‘ni o‘g‘irladi.
    Platforma hamkorlari blokcheynlardagi mablag‘ning yarmidan sal kamini muzlatib qo‘ydi. Hujumda Shimoliy Koreya bilan bog‘liq xakerlar guruhi ayblangan.
  17. AQSHda Green Card lotereyasini qayta boshlash yana kechiktirildi.
    Apellyatsiya sudi DV-2027 lotereyasiga arizalarni 1-noyabrdan qabul qilish haqidagi quyi sud qarorini to‘xtatdi.
  18. 2027-yildan suvdan qarzdor iste’molchilarning elektr uchun to‘lov qilish imkoniyati cheklanadi.
    Qarzni undirish notarial yoki sud tartibida hal qilinadi. Bu tartib “Ijtimoiy reyestr"ga kiritilgan oilalarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
  19. O‘zbekiston Xitoy bilan AI-92 va undan yuqori benzin hamda dizel importini muhokama qilmoqda.
    O‘zbekneftgaz CNPC va PetroChina bilan Buxoro NQIZ uchun neft va kondensat yetkazib berishni oshirish bo‘yicha muzokara olib bormoqda.
  20. Endi chorraha va qayrilib olish joylari yaqinida chiziqni bosgan haydovchilar jarimaga tortilmaydi.
    1-noyabrdan chorrahagacha 50 metr va qayrilib olish joyigacha 20 metr masofada 1.1 va 1.3 yo‘l chiziqlarini bosib o‘tganlik uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilmaydi.