Avtotransport boshqaruvi uchun berilgan elektron ishonchnomani onlayn bekor qilish mumkin.

Xizmatdan Yagona portal orqali foydalanish mumkin.

Buning uchun qidiruv tizimiga “elektron ishonchnomani bekor qilish” kalit so‘zlarini kiritish kerak. Undan keyin kerakli sahifa ochiladi.

Xizmatdan faqat jismoniy shaxslar foydalanishlari mumkin.

Undan foydalanish uchun hech qanday hujjat talab qilinmaydi va xizmat bepul amalga oshiriladi.

Kerakli sahifa ochilgach “Xizmatdan foydalanish” tugmasini bosgach, foydalanuvchi haqidagi ma’lumotlar shakllanadi.

Undan keyin elektron ishonchnomaning seriyasi va raqamini kiritish zarur.

Natijada, xizmat avtomatik tarzda avtotransport boshqaruvi uchun berilgan elektron ishonchnomani bekor qiladi.

Xizmatdan havola orqali foydalanish mumkin.


Avvalroq “Spot” Yagona reyestrga kirish uchun qanday onlayn ariza jo‘natish mumkinligi haqida qo‘llanmani taqdim qilgandi.