18-iyul kuni soat 11:00 (Toshkent vaqti bilan) “First Bit” kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan onlayn vorkshop “Qlik Sense Workshop” bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Vorkshop “Qlik Sense” vositasi yordamida biznesni tahlil qilish uchun shaxsiy dashboardingizni yaratish orqali ma’lumotlarga asoslangan samarali yechimlar sari birinchi qadamni qo‘yish uchun ajoyib imkoniyatdir.

“Qlik Sense” kompaniyangizda ma’lumotlarga asoslangan samarali qarorlar qabul qilish uchun kuchli vositadir.

Seminar bosh direktorlar, IT direktorlari, raqamli transformatsiya bo‘yicha yetakchilar, moliyaviy direktorlar, savdo direktorlari va biznes tahlilchilari hamda ma’lumotlarga asoslangan biznesni samarali tahlil qilish vositasini o‘zlashtirishni xohlovchilar uchun mo‘ljallangan.

Ushbu ushrashuvda siz “Qlik Sense” interfeysi bilan tanishasiz va “First Bit” mutaxassislari yordamida bir nechta Excel jadvallaridan foydalanishdan to‘liq tahliliy ilovani yaratishgacha o‘rganasiz.

Vorkshop spikerlari:

  • Anastasiya Kondrashova — “First Bit"dagi tahlilchilar guruhi rahbari;
  • Georgiy Naneishvili — “Qlik” kompaniyasining MDH mamlakatlarida hamkorlik tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha direktori;
  • Vladimir Mitin — “First Bit"da tizim arxitektori;
  • Maksim Ivanilov — “First Bitda” BI rivojlantirish bo‘yicha menejer.

Vorkshop dasturi quyidagi bloklarni o‘z ichiga oladi:

  • Qlik Sense bilan tanishish (asosiy ish, interfeys va funksiyalar);
  • Ma’lumotlar bilan ishlash (fakt jadvallarini ulash, ma’lumotlarni tozalash va qayta ishlash, ma’lumotnoma va xaritalashlar bilan ishlash, “yulduzcha” ma’lumotlar modelini shakllantirish va taqvim bilan ishlash);
  • Vizualizatsiya bilan ishlash (boshqaruv panellariga asosiy yondashuvlar: analitik, xulosa, aralash, o‘lchamlar bilan ishlash, tayyorlash va belgilash, ranglar bilan ishlash, asboblar panelini yaratish va ma’lumotlarni vizuallashtirish).

Vorkshopda ishtirok etish bepul bo‘lib, u rus tilida o‘tkaziladi.

Oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab qilinadi va arizalar 18-iyulgacha havola orqali qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq “Spot” Andijonda o‘tkaziladigan “Digital Valley” oromgohiga arizalar qabul qilinayotgani haqida yozgandi.