BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamda Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) va boshqa tashkilotlar hamkorligida o‘tkaziladigan “Digital Valley” yozgi oromgohiga arizalar qabul qilinmoqda.

“Raqamli vodiy” oromgohining asosiy maqsadi qo‘shni mamlakatlar yoshlari o‘rtasidagi hamkorlik va do‘stlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Unda quyidagi mamlakatlarning ma’lum hududidan IT, ingliz tili va fuqarolik sohalarida bilimga ega OTM talabalari ishtirok etishlari mumkin;

  • O‘zbekiston — Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari;
  • Qirg‘iziston — Botken, Jalolobod, O‘sh viloyatlari;
  • Tojikistondan — So‘g‘d viloyati.

Oromgohda IT sohasi bo‘yicha mahorat darslari, seminarlar, ekskursiyalar, madaniy va sport tadbirlari o‘tkaziladi.

Xususan, ITning uchta asosiy yo‘nalishi dasturlash, grafik dizayn hamda raqamli marketing bo‘yicha ko‘nikmalar o‘rgatiladi.

Unda ishtirok etish bepul bo‘lib, buning uchun 10-iyulgacha tanlov rasmiy sayti yoki Telegram-bot orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Oromgoh Andijon viloyatining Xonobod shahrida 22−26 iyul kunlari tashkil etiladi.

Dastur yakunida barcha ishtirokchilar turli nominatsiyalar bo‘yicha sertifikat bilan taqdirlanadi.

Batafsil ma’lumot bu yerda.