Ilon Mask o‘zining “xAI” sun’iy intellekt kompaniyasi ishga tushirilganini e’lon qildi. Bu haqda Mask “Twitter"dagi sahifasida ma’lum qilgan.

Kompaniya veb-saytiga ko‘ra, uning maqsadi “koinotning asl mohiyatini tushunish”. Hozircha Boshqa tafsilotlar yo‘q, jamoa ularni 2023-yil 14-iyul kuni “Twitter"dagi audiotranslyatsiyasi vaqtida baham ko‘rishga va’da berdi.

Qayd etilishicha, Mask kompaniyani boshqaradi, uning tarkibiga “DeepMind” (Alphabetga tegishli), “OpenAI”, “Google Research”, “Microsoft Research”, “Twitter” va “Tesla” kompaniyalari vakillari kiradi — masalan, “DeepMind"ning sobiq xodimi Igor Babushkin.

Ular ishlagan loyihalar orasida “DeepMind"ning “AlphaCode” neyron tarmog‘i va “OpenAI'"ing GPT-3.5 va GPT-4'i bor.

“xAI” xodimlaridan biri Sun’iy intellekt xavfsizligi markazi ijrochi direktori Den Xendriks bo‘lib, u 2023-yil mart oyida “keng ko‘lamli sun’iy intellekt tajribalari"ni to‘xtatishga chaqiruvchi ochiq xat bilan chiqqan. Mazkur ochiq xatni imzolovchilar orasida Ilon Mask ham bor edi.

Tadbirkor, shuningdek, sun’iy intellektni sivilizatsiya kelajagi uchun asosiy tahdidlardan biri deb atadi va “OpenAI"ni “shaffof” yondashuvi va neyron tarmoqlarni rivojlantirishga nisbatan o‘ta “tijoriy” qarashlari uchun tanqid qilgandi.

“xAI” saytida kompaniya “X Corp” (uning tarkibiga “Twitter” ham kiradi) bilan aloqador emasligini, lekin u bilan yaqindan ish olib borishini qayd etilgan.

Kompaniyaning 2023-yil aprelida tashkil etilgani haqida “Financial Times” va “The Verge” xabar berdi.

Mask “TruthGPT” deb nomlangan “ChatGPT” chat-botiga muqobil varianti ustida ishlayotganini tasdiqladi. U ushbu xizmatni “koinotning tabiatini tushunishga harakat qiladigan, haqiqatni izlovchi sun’iy intellekt” deb ta’rifladi.


Avvalroq “Spot” “Google” qidiruv tizimini sun’iy intellekt bilan birlashtirmoqchi ekanligi haqida yozgandi.

Natijada qidiruv natijalarini taqdim etish usuli sun’iy intellektga asoslangan suhbatlar, qisqaroq videolar va ijtimoiy tarmoq postlarini joriy etish orqali o‘zgartiriladi.