20-iyul kuni Toshkentning ikkita tumanidagi ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Bu sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida amalga oshirilayotgani qayd etilgan.

Xususan, quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:

  • Olmazor tumani: “Sag‘bon”, “G‘ani A’zamov”, “Chimboy”, “Guzarboshi”, “Namuna” hamda “Oltinsoy” MFYlarining qisman hududlaridagi ayrim ko‘chalarida soat 04:00 dan 12:00 gacha;
  • Chilonzor tumani: “Lutfiy” MFYning ayrim hududlarida soat 09:00 dan 16:00 gacha.

19-iyul kuni ham Olmazor tumanidagi “Achaobod”, “Chimboy”, “Qo‘shtut”, “Eski shahar” hamda “Guruch ariq” MFYlarning qisman ko’chalarida, Chilonzor tumanidagi “Lutfiy” MFYning ayrim hududlarida elektr o‘chirilgandi.

Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.

“Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ramoqda.