Yaroslavldan O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bu haqda gubernator Mixail Yevraev Yaroslavlga amaliy tashrifi chog‘ida O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Bortijon Asadov bilan ushbu masalani muhokama qildi, deya xabar bermoqda “Kommersant” nashri.

Yevraev Yaroslavldagi Tunoshna aeroporti xalqaro aeroport maqomiga ega ekanligini, biroq xalqaro reyslar doimiy asosda tashkil etilmaganini ta’kidladi.

“Bizning aeroportimiz xalqaro maqomga ega, chunki odamlar bizga tez-tez uchib kelishadi. Hozir Turkiya, Misr, Minsk, Yerevan kabi qator xalqaro yo‘nalishlarga reyslar ochish ustida ishlayapmiz. O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar masalasini ko‘rib chiqsangiz juda xursand bo‘lardik, chunki o‘shanda logistika ancha tezlashgan bo‘lardi, bu sanoat va sayyohlik aloqalari uchun yaxshi turtki bo‘ladi”, — dedi Yevraev

Botirjon Asadovga ko‘ra, asosiy masala parvozlarni kim amalga oshirishida.

“Men aviakompaniyalarimiz bilan gaplashishim kerak, chunki bilishimcha, bugungi kunda biz Rossiya yo’nalishi bo’yicha maksimal darajada bandmiz. Bizda Rossiyaga, 18 ta hududga haftasiga 250 ga yaqin reys bor. Agar Rossiya aviakompaniyalari qilish muhokama qilish osonroq bo‘lsa, men hech qanday muammo ko‘rmayapman”, — dedi Bortijon Asadov.

Ikkala tomon ham asosiy sheriklikvektorlarni aniqlaganini, sanoat va savdo, agrosanoat majmui, transport kommunikatsiyalari, axborot texnologiyalari sohasi, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada davom ettirishdan manfaatdor ekanligi ta’kidlashdi.


Avvalroq “Spot” 2023-yil oxirigacha Chelyabinskdan Oʻzbekistonga toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilayotgani haqida yozgandi.

Bu haqda Oʻzbekistonning Yekaterinburgdagi bosh konsuli Abdusalom Xatamov ma’lum qilgan.