25-avgust kuni Toshkentning ikkita tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, Bektemir tumanining “Nurliyo‘l” hamda “Gulbog‘” MFYlaridagi ayrim ko‘chalarida soat 09:00dan 17:00gacha elektr energiyasi bo‘lmaydi.

Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.

Avvalroq prezidentning Toshkentdagi loyihalar taqdimoti bilan tanishish davomida mamlakatda energetika quvvatlarini oshirish masalasiga e’tibor qaratilgandi.

Poytaxtda elektr energiyasi tarmoqlarining favqulodda holatlarga bardoshliligini mustahkamlash hamda muqobil energiya manbalarini integratsiya qilish choralari ko‘rilmoqda.

Qayta tiklanuvchi energiya tarmog‘ida jami quvvati 13 777 megavattlik 33 ta loyiha ishlab chiqilgan. Shu bilan birga, elektr energiyasi infratuzilmasini takomillashtirish va ob-havo sharoitlariga chidamliligini oshirish, zaxira quvvatlar hosil qilish, iste’molni aqlli boshqarish bo‘yicha ish olib borilmoqda.