27-sentabr kuni Toshkentning ikkita tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, quyidagi hududlardagi iste’molchilarga elektr energiyasi vaqtincha yetkazib berilmaydi:
- Sergeli tumani: “Xabibiy” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00dan 17:00gacha;
- Bektemir tumani: “Gulbog‘” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00dan 17:00gacha.
Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.
Joriy yilning 1-oktabridan tadbirkorlar uchun elektr energiyasi va gaz tariflari oshiriladi.
Avvalroq Energetika vazirligi energiya narxini hozirgi darajada ushlab turish uchun budjetdan qancha mablag‘ sarflanishini hisoblab chiqdi.