28-sentabr kuni Toshkentning qaysi hududlarida elektr o‘chirilishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, Chilonzor tumanining “Yakkatut” MFYdagi ayrim ko‘chalardagi iste’molchilarga soat 09:00dan 17:00gacha elektr energiyasi yetkazib berilmaydi.

Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.

Poytaxt elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish hamda sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Samarqand va Jizzaxdagi 2 ta zapravka 2,3 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagani haqida xabar berilgandi.