“Meta” bosh direktori Mark Sukerberg “Threads” ijtimoiy tarmog‘ida tahrirlash tugmasi ishga tushirilganini e’lon qildi. Bu haqda “TechCrunch” nashri xabar berdi.

Yangi funksiya xabarni chop etilgandan keyin besh daqiqa ichida cheksiz ko‘p marta tahrirlash imkonini beradi.

Ilgari foydalanuvchilar postni o‘chirib, tuzatilgan shaklda qayta nashr etishlari kerak edi.

meta, tahrirlash, threads

Foto: Meta

O‘tgan yili tahrirlash tugmachasini qo‘shgan va keyin uni obuna uchun bloklagan “X” (avvalgi Twitter) dan farqli o‘laroq, “Threads” foydalanuvchilarga qo‘shimcha to‘lovsiz tahrirlash tugmachasini taqdim etadi.

Tahrirlash tugmasidan tashqari “Threads"da “Voice Threads” funksiyasi paydo bo‘ladi. Bu foydalanuvchiga ovozli xabarlarni qo‘shish imkonini beradi.

Ovozlarni joylashtirish uchun yangi mavzu yaratish yoki javob yozish, keyin mikrofon belgisiga tegish va yozishni boshlash kerak. Bunda, audio sarlavhasi avtomatik ravishda yaratiladi, keyin uni tahrirlash mumkin.

meta, tahrirlash, threads

Shuningdek, “Threads” ijtimoiy tarmoqni “X” (avvalgi Twitter) bilan solishtirganda raqobatbardoshroq qilishi mumkin bo‘lgan “Trends” funksiyasini ishga tushirishga tayyorlanayotgani ham ma’lum bo‘ldi.


Avvalroq “Spot” “Meta” “Twitter"ga o‘xshash “Threads” ilovasini 6-iyul kuni ishga tushirishi va hozircha faqat iOS foydalanuvchilari uchun mavjud bo‘lishi haqida yozgandi.

Ilova ishga tushirilgandan keyin o‘zbekistonliklar “App Store"da eng ko‘p yuklab olingan ilovaga aylangandi.

Shuningdek, ilova ishga tushirilgan birinchi kunida butun dunyo bo‘ylab 30 mlndan ortiq odam ilovaga qo‘shilgan.

Keyinchalik “Threads” ilovasi Yevropa ittifoqi davlatlarida bloklangandi. Bunga ilovaning Yevropa Ittifoqining raqamli bozorlar to‘g‘risidagi qonunida keltirilgan ma’lum talablarga javob bermagani sabab bo‘lgan.

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, jumladan Germaniya, Ispaniya, Italiya, Fransiya, Irlandiya va Belgiyadagi ilovalar do‘konlarida “Threads” ko‘rinmagan.