“Telegram” jamoasi messenjerning yangi versiyasini taqdim etdi. iOS va Android uchun ilova 10.2 versiyasiga yangilandi.

Javoblar 2.0

2015-yilda “Telegram” foydalanuvchilarga uzun suhbatlarda oson harakatlanish imkonini bergan yangi format — xabarlarga javoblarni taqdim etgan edi. Vaqt o‘tishi bilan ushbu format barcha messenjerlar uchun oltin standartga aylandi — lekin bugun biz yangi darajaga o‘tmoqdamiz.

Endi foydalanuvchilar xabarning istalgan qismiga faqat undan iqtibos olish orqali javob berishi mumkin. Suhbatdosh asl xabarga o‘tish uchun bunday iqtibosni bosganida yangi animatsiya tufayli u darhol ushbu xabarni ko‘radi.

Xabar qismidan iqtibos olish uchun xabarni bosib (iOS qurilmada xabarni bosib turing), kerakli matnni belgilash va “Iqtibos olish” bandini tanlash kerak.

Bugundan boshlab javoblarni boshqa chatlarga ham yuborish mumkin, masalan, agar kimgadir shaxsan javob berishni yoki muhokamani boshqa guruh yoki kanalga ko‘chirishni xohlasangiz. Iqtibos olingan matn bosilganida asl xabar u joylangan guruhda ochiladi, agar foydalanuvchida unga ruxsat bo‘lsa.

Boshqa chatda javob berish uchun kiritish maydoni yuqorisidagi javob berish panelini bosish, “Boshqa chatda javob berish” bandini belgilash, keyin qayerga yuborishni tanlash kerak.

Iqtiboslarni formatlash

Boshqalardan bevosita iqtibos olishdan tashqari, istalgan matnga, jumladan, bitta javobdagi bir nechta iqtibosga iqtibos formatlashini qo‘shish mumkin.

telegram, yangilanish

Havolalar sozlamalari

2015-yilda “Telegram” sahifa sarlavhasi, tavsifi va mediasini aks ettiruvchi batafsil havolaga razm solish imkoniyatini qo‘shgan birinchi xabarlashuv ilovasi bo‘lgan edi.

Endi foydalanuvchilar istalgan xabardagi havolalar ko‘rinishini sozlashi mumkin: media o‘lchamini o‘zgartirish, razm solish xabari ostida yoki yuqorisida chiqishini tanlash va agar bir nechta havola bo‘lsa, qaysi havolaga razm solishni tanlash mumkin.

Javob berish, uzatish va havola sozlamalari

Ko‘plab yangi funksiyalardan foydalanish qulay bo‘lishi uchun biz ular uchun kontekst menyusi qo‘shildi — ushbu menyu xabarlarga javob berayotganda, ularni uzatayotganda va havolalar qo‘shayotganda yoki bularning hammasini bir vaqtda bajarayotganda chiqadi.

Hisob ranglari (Premium)

“Telegram” Premium bilan hisobingni u uchun rang yoki ranglar kombinatsiyasini tanlash orqali har qachongidan ham ko‘proq moslashtirish mumkin.

Bunda ism rangi barcha guruhlarda, yuboradigan havolalarda, shuningdek, xabarlar javoblarda o‘zgaradi.

Shu bilan birga, naqsh sifatida ishlatiladigan emoji tanlash ham mumkin. U boshqalar sizdan iqtibos olganida yoki sizga javob berganida xabarlaringiz ortida unikal fon yaratadi.

Android qurilmada hisob rangini sozlash uchun Sozlamalar > Chat sozlamalari > Ism rangini o‘zgartirish rukniga kiring. iOS qurilmada Sozlamalar > Ko‘rinish > Ismingiz rangi rukniga kiring.

Bu sozlamalar obunachilardan yetarli ovozlar yig‘ib, kamida 5-darajaga yetgan kanallar ham foydalana oladi.

“Stories"larning yangi imkoniyatlari

Hikoyalar endi sizga videolarni oldinga va orqaga tez o‘tkazish imkonini ham beradi — shunchaki ekranni bosib turing va keyin o‘ngga yoki chapga surish kerak.

Yaxshiroq, yorqinroq selfilar olish maqsadida iliqlik va intensivlik uchun moslashuvchan sozlamalar bilan old chaqnoqdan foydalanish mumkin.

Hikoya uchun old kameradan foydalanayotganda iliqlik va intensivlikni sozlash uchun chaqmoq belgisini bosib turish kerak.