“Apple” bosh direktori Tim Kuk investorlarga moliyaviy hisobot berish chog‘ida kompaniyaning generativ sun’iy intellekt bilan ishlashi haqida fikr bildirdi.

Kukning aytishicha, “Apple” haqiqatan ham bu sohada ishlamoqda. U tafsilotlarni baham ko‘rmadi, lekin foydalanuvchilar kelajakda ko‘radigan natijalar ularning mahsulotlarining “yuragi"ga aylanishini aytdi.

“General sun’iy intellekt nuqtai nazaridan, biz bu sohada ishlayapmiz. Tafsilotlarni ochiqlmayman, chunki siz bilganingizdek, biz hech qachon bunday qilmaymiz. Biz juda ko‘p sarmoya kiritamiz. Biz ishlarga mas’uliyat bilan yondashamiz va vaqt o‘tishi bilan mahsulotlarning rivojlanishini ko‘rasiz”, dedi u.

Ilgari Kuk faqatgina kompaniya sun’iy intellekt, jumladan, generativ sun’iy intellekt sohasida tadqiqot olib borayotganini aytgan edi.

“Apple” kompaniyasining analogi bizga qanday shaklda yetib borishi hozircha noma’lum.

“Bloomberg” muxbiri Mark Gurmanning so‘zlariga ko‘ra, “Apple” keyingi yil iOS 18ga qo‘shishni rejalashtirgan holda sun’iy intellekt asosida ishlaydigan asboblarni ishlab chiqishni jadallashtiradi.

Ushbu texnologiya “Apple Music”, “Xcode” va “Siri” kabi ilovalarda qo‘llaniladi, dedi insayder.


Avvalroq “Spot” “Apple” sensorli mato yaratish loyihasi uchun patent olgani haqida yozgandi.

Sensorli matodan kompaniya qaysi mahsulotlarida foydalanishi hali aniq emas, biroq “Apple Watch” bandlarida yoki “MacBook” korpusida ham ishlatilishi mumkin.