“Apple” sensorli mato yaratish loyihasini ishlab chiqish doirasida patent oldi, deya xabar bermoqda “habr” nashri.

Bunda boshqaruv elementlari o‘rnatilishi va uning ustiga barmoq bilan surish orqali foydalanuvchi imo-ishoralarini aniqlash mumkin.

Qayd etilishicha, “Apple” buni aqlli kiyimlar, sumkalar va mebellar uchun sensorli to‘qimachilik deb ataydi.

An’anaviy elektron qurilmalarga turli xil kiritish qurilmalari, jumladan tugmalar, kalitlar, sichqonchalar, trekbollar, joystiklar va shu kabilar kirishi mumkin.

Ba’zi an’anaviy elektron qurilmalar foydalanuvchidan sensorli kiritishni qabul qilish uchun tuzilgan sensorli panel yoki sensorli ekranni o‘z ichiga olishi mumkin.

“Biroq, ko‘plab an’anaviy kiritish qurilmalari va sensorli qattiq materiallar va yoki qattiq qatlamli tagliklar yordamida ishlab chiqariladi va shuning uchun ma’lum shakl omillari bilan cheklanishi mumkin”, — deya tushuntirdi “Apple”.

Sensorli matodan kompaniya qaysi mahsulotlarida foydalanishi hali aniq emas, biroq “Apple Watch” bandlarida yoki “MacBook” korpusida ham ishlatilishi mumkin.


Avvalroq “Spot” iPhone 15 va 15 Plus, iPhone 15 Pro va Pro Max hamda Apple Watch Series 9 va Apple Watch Ultra 2 haqida asosiy ma’lumotlarni yozgandi.