“Telegram” jamoasi messenjerning yangi versiyasini taqdim etdi.

Kanal ko‘rinishini moslashtirish

Kanallar endi obunachilar yoki yutuqli o‘yinlardan olingan ovozlar evaziga erishgan darajasiga qarab ko‘rinishini moslashtira oladi.

Xabarlari rangiga qo‘shimcha ravishda, kanal egalari endi kanalni ochadigan barchaga ko‘rinadigan profil muqovasiga rang va logotip tanlashi, emoji status va fon rasmi belgilashi mumkin.

Agar u yoqilsa, omadli g‘oliblar yangi konfetti bilan to‘ldirilgan xabarda eʼlon qilinadi.

“Telegram” g‘oliblarni tasodifiy tarzda tanlaydi va Telegram Premium hadya kodlarini avtomatik tarqatadi.

Kanal adminlari o‘zlari kiritmoqchi bo‘lgan har qanday qo‘shimcha mukofotlar uchun javobgar hisoblanadi.

“Stories"larda postlarni ulashish

Kanallardan xabarlarni endi hikoyalarga qayta joylash mumkin. Bunda harakatlantirish, o‘lchamini o‘zgartirish va bezash mumkin bo‘lgan xabar nusxasi qo‘shiladi.

Hikoyangni ko‘radigan istalgan kishi kanaldagi xabarni ochish uchun shunchaki bosishi mumkin.

Repostlar rasmlar, fayllar kabi barcha xabar turlarini va hatto ovozli yoki video xabarlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Kelgusi yangilanishlarda hikoyalarga repostlar interfaol so‘rovnomalar kabi qo‘shimcha funksiyalarga ega bo‘ladi.

Xabarni qayta joylash uchun xabar yonidagi Ulashish strelkasini bosish va “Hikoyaga qayta joylash” bandini tanlash kerak.

Katta sondagi Premium hadyalar

Do‘stlarni tabriklash uchun endi bir nechta odamga bir vaqtda “Telegram Premium” hadya qilish mumkin, shu sababli bu yil Yangi yil sovg‘alarini olishga ko‘p vaqt ketmaydi.

Sozlamalar ruknida yangi “Premium hadya qilish” bo‘limi bor, unda 10 tagacha foydalanuvchini tanlash va bitta bosish bilan ularga “Telegram Premium” taqdim etish mumkin.

Agar ushbu foydalanuvchilardan birida allaqachon Premium bo‘lsa, u hadyani keyinroq faollashtirish yoki do‘stga yuborish uchun saqlashi mumkin.

Premiumni alohida foydalanuvchilarga Profil Premium hadya qilish ruknidan ham hadya qilish mumkin.

Yutuqli o‘yinlarda maxsus hadyalar va g‘oliblar ro‘yxati

Yutuqli o‘yinlar o‘tkazayotgan kanallar endi uzoqroq davomiylikni belgilashi va burritolardan tortib Bugattilargacha qo‘shimcha mukofotlar qo‘shishi mumkin.

Yanada ko‘proq shaffoflik uchun yutuqli o‘yin o‘tkazuvchilar yutgan hisoblarni e’lon qilish uchun “G‘oliblarni ko‘rsatish” bandini yoqishi mumkin. Agar u yoqilsa, omadli g‘oliblar yangi konfetti bilan to‘ldirilgan xabarda e’lon qilinadi.

“Telegram” g‘oliblarni tasodifiy tarzda tanlaydi va “Telegram Premium” hadya kodlarini avtomatik tarqatadi.

Kanal adminlari o‘zlari kiritmoqchi bo‘lgan har qanday qo‘shimcha mukofotlar uchun javobgar hisoblanadi.

Repostlarni ko‘rish va boshqalar

Foydalanuvchilar allaqachon hikoyalarini kimlar ko‘rganini bilishi mumkin, kanallar esa hikoyalari qanday unumdorlikka erishganini kuzatish uchun batafsil statistikani olishi mumkin.

Bu yangilanish bilan kanal adminlari endi hikoyalariga reaksiyalarni ko‘rishi hamda foydalanuvchilar va kanallar hikoyalarini kimlar qayta joylaganini bilishi mumkin.

“Stories"lar uchun rasm qirqmalari

Galereyadagi rasmlarni hikoyalar ustiga joylash mumkin va endi uy hayvonlari, do‘stlar va afsonaviy artifaktlar rasmlaridan fonni olib tashlash mumkin.

Hikoyaga rasm qo‘shish uchun hikoyalardagi stikerlar panelini oching va rasm belgisini bosish kerak. Keyin fonni olib tashlash uchun rasmni tanlash, menyudagi > belgisini bosish va “Qirqish” bandini tanlash kerak. Bu funksiya iOS 17+ yoki Google Play xizmatlari o‘rnatilgan Android 7+ ni talab qiladi.