O‘zbekistondagi LG Electronics kompaniyasi Toshkentda B2B (Business to Business) sektori akademiyasi ochilishini e’lon qildi.

Akademiyaning asosiy maqsadi — loyihachi, montajchi va tizim integratorlarini sanoat konditsionerlari va professional displeylar bilan ishlash bo‘yicha o‘qitishdir. Akademiya biznes sohasiga xizmat ko‘rsatish uchun o‘quv markazi bilan birlashtirilgan ko‘rgazma maydoni — shourum formatida ish olib boradi.

Marosimni O‘zbekistondagi LG Electronics rahbari Li Sang Chol ochib berdi.

“O‘zbekistonda LG`ning B2B akademiyasini ochish biz uchun katta sharafdir. Ishonchim komilki, B2B akademiyasini ya’ni shourumning ochilishi, mijozlarimiz va hamkorlarimizga LG`ning B2B sektoridagi mahsulotlari haqida ko‘proq ma’lumot olish imkonini beradi. LG Electronics ham Business to Customer, ham Business to Business segmenti foydalanuvchilarining hayot sifatini yaxshilaydigan innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va ilgari surishda katta tajribaga ega. Biz hamkorlarimizga mahsulotlarimiz qanday ishlashini, ishlab chiqarish jarayonini qanday osonlashtirishimiz mumkinligini va mahsulotlarimiz qanday afzalliklarga ega ekanligini ko‘rsatishni rejalashtirmoqdamiz”, — dedi Li Sang Chol.

lg electronics, reklama

Ochilish marosimini LG Electronics`ning Qozog‘iston ofisi vakili, MDH sanoat konditsionerlari injiniring bo‘lim boshlig‘i Gangxvan Son davom ettirdi. U mehmonlarni LG Business Solution mahsulotlari bilan tanishtirdi.

“Yuqori darajadagi sovitish va isitish darajasiga ega Multi V tijorat konditsioner tizimi va boshqa sanoat konditsionerlariga qaraganda 10% yuqori”, — dedi Gangxvan Son.

Gangxvan Son ushbu mahsulotning barcha afzalliklarini ta’kidlab o‘tar ekan, uning ixcham o‘lchami binoning tashqi va ichki qismiga osongina o‘rnatish imkonini berishini, VRF texnologiyasi esa xladagentni nazorat qilishi hamda oqilona energiya sarflanishini va xarajatlarni tejash imkonini berishini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Mehmonlar, shuningdek, LG`ning yana bir muhim B2B yo‘nalishidagi — video devorlar uchun 4K ekranlar, sensorli interaktiv doskalar, mehmonxona va tijorat televizorlari hamda sifatli OLED va LED displeylari kabi professional ekranlar va tijorat televizorlari bilan tanishib chiqishdi.

B2B sektori uchun LG mahsulotlari allaqachon O‘zbekistondagi Hyatt Regency Tashkent, InterContinental, Radisson Blu va Hampton by Hilton Tashkent kabi ko‘plab mehmonxona loyihalarida o‘rnatilgan.

Kompaniya barcha qiziquvchilarni akademiyaga tashrif buyurishga va taqdim etilgan barcha LG texnologiyalari bilan batafsil tanishishga taklif qiladmoqda.

Tijoriy masalalar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot olish uchun (+998) 78−150−40−22 (ichki: 150, 151) telefoni yoki E-mail orqali murojaat qilish mumkin.

Manzil: Turkiston ko‘ch., 12A, Platform biznes markazi, uchinchi qavat.

Reklama huquqlari asosida.