“Tesla” aksiyalari o‘tgan yil davomida ikki baravar ko‘paydi, biroq 2024-yilning boshlanishi kompaniya uchun eng yomoni bo‘ldi, deb yozadi “Bloomberg”.

Kompaniya 2024-yilning dastlabki ikki haftasida bozor qiymatini $94 mlrddan ko‘proq yo‘qotdi.

Buning sabablari orasida “Hertz Global Holdings Inc” kompaniyasining elektr transport vositalarining raqobati, Xitoyda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxining yana pasayishi va ishchi kuchi narxining oshishi belgilari mavjud.

Bularning barchasi, ayniqsa, AQShda elektromobillarga bo‘lgan talab o‘sishining sekinlashishi fonida sodir bo‘lmoqda.

“Investorlarning „Tesla“ bilan bog‘liq asosiy tashvishi turg‘unlikdir”, — dedi “Cowen” tahlilchisi Jeffri Osborne.

Xitoyning narxlarni pasaytirishi bu xavotirlarni yanada kuchaytiradi, chunki u bozordagi kuchli raqobatni hisobga olgan holda elektromobil sanoati uchun poygaga o‘xshay boshlaydi.

“Biz elektr avtomobil bozorida davriy pasayishdamiz, ammo raqobat dinamikasi davriy bosimni kuchaytirmoqda”, — deydi “Spear Invest” bosh investitsion direktori Ivana Delevska.

Uning qo‘shimcha qilishicha, pastroq narxlar va foydaning keskin pasayishi bu noqulay raqobat dinamikasining natijasidir.

Bular qatorida, “Tesla” Qizil dengizdagi xavfsizlik muammolari tufayli Berlindagi zavodi uchun mo‘ljallangan yetkazib berish yo‘nalishini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi.

Bu esa kompaniyaning Berlin yaqinidagi zavodida 29-yanvardan 11-fevralgacha ishlab chiqarishni to‘xtatishga majbur qildi.